“Uztemiryo’lmashta’mir” uk andijon mexanika zavodi ShKdagi 65A60Ф3 vertikal-frezalash dastgohini energiya samaradorligini oshirih.”


III. 3. Asinxron dvigatelni ta’mirlash texnologiyasi


Download 0.63 Mb.
bet15/22
Sana19.08.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1668469
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Bog'liq
65A60Ф3 org

III. 3. Asinxron dvigatelni ta’mirlash texnologiyasi.
Elektr mashinalarni joriy ta’mirlashda quyidagi ishlar bajariladi:

  • mashina korpusi va podshipniklarini qizish darajasini tekshirish, stator bilan rotor orasidagi havo bo’shlig’ini o’lchash, dvigatelni ish paytidagi shovqinlari mavjudligi kuzatiladi;

  • elktrodvigatelni qismlarga ajratmasdan siqilgan havo bilan tozalash, kontakt birikmalarni va simlarni ulanish joylarini tekshirish, kontakt halqali pardozlash, schyo’tka tutqichlarini qatirish va sozlash, chulg’amlarning izolyatsiyasini tekshirish, schyo’tkalarni almashtirish;

  • podshipniklarni moylash.

Zarur paytlarda quyidagi ishlar ham bajariladi:

  • elktrodvigatelni to’liq qismlarga ajratish, chulg’amlarni almashtirmagan holda nuqsonlarni bartaraf etish;

  • dvigatelni qismlari va uzellarini yuvish;

  • yaroqsiz par ponalari va izolyatsiyalovchi ftulkalarni almashtirish, dvigatel chulg’amini yuvish, laklash va quritish, ventilyatorni qatirish, rotor vali va pazlarini ta’mirlash, flanets prokladkalarini almashtirish;

  • tebranish podshipniklarini almashtirish;

  • sirpanish podshipniklarini yuvish, dvigatel qopqoqlarini payvandlash va jilvirlash, kontakt halqalarni silliqlash va pardozlash, schyo’tka mexanizmini ta’mirlash, dvigatelni yig’ish va salt ishlash hamda yuklanish bilan sinash.

Elektrodvigatelni capital ta’mirlashda quyidagi ishlar bajariladi:

  • chulg’amlarni qisman yoki to’liq almashtirish;

  • rotor valini to’g’rilash, artish va pazlarini tozalash;

  • kontakt halqali tekshirish, zarur paytlarda almashtirish;

  • rotorni balansirovka qilish;

  • flanets va ventilyatorni almashtirish;

  • chulg’am uchlarini payvandlash;

  • dvigatelni yig’ish, tozalash va bo’yash;

  • dvigatelni yuklanish bilan sinash.

Ta’mirlash uchun keltirilgan elktro dvigatel dastlab uni qismlarini holatini tekshirish va qanday ta’mirlash turiga mansubligi aniqlanadi. Dvigatelni difiktatsiyadan o’tkazish uni qismlarga ajratmagan holatda va qismlarga bo’lingan holatda ham amalga oshiriladi.
Dvigatelni qismlarga ajratish paytida nazorat-kuzatish operatsiyalari bajariladi:

  • stator va rotor orasidagi havo bo’shlig’i oralig’i o’lchanadi, kamida 4 ta nuqtada, nuqtalar orasi bir-biridan 90o oralig’ida bo’lishi kerak;

  • sirpanish podshipniklar va tebranish podshipniklarini zarari o’lchanadi;

  • boshqa detallarni ishga yaroqliligi tekshiriladi.

Elektr mashinani qismlarga ajratishda uning qismlarini shikastlanishi yoki sinishini oldini olish zarur.Maxkamlab o’rnatilgan detallar maxsus moslamalar yordamida yechilishi kerak. Dvigatelni ishchi va detallari o’rnatiladigan yuzalarini buzilishi hamda shikastlanishidan saqlash zarur.
Chiqarilgan bolt-gayka, prujina, halqa, shponka va mayda boshqa detallar qayta ishlatish uchun saqlab qo’yilishi lozim.
Dvigatelni qismlarga ajratish bilan shug’illanadigan ishchining ish joyi maxsus asbob va uskunalar bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. Alohida dvigatel podshipniklarini chiqarish uchun qo’llaniladigan moslama har doim ishga taxt holatda bo’lishi lozim.Ular podshipniklarni chiqarishda, rotorni statordan ajratishda ishchi yuzalarni shilib, o’yib tashlamasligi shart.
Dvigatelni qismlarga ajratish texnologik jarayoni quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • tayyorlash ishlari;

  • ajratish;

  • nazorat qilish, tekshirish.

Dvigatelni qismlarga ajratish operatsiyalarini barchasi harorati 20o c dan va nisbiy namligi 80% yuqori bo’lmagan xonalarda amalga oshirilishi kerak.
Bizning dastgihimizning elektr yuritmasi uchun tanlangan asinxron dvigatelning ta’mirlash texnologiyasini yoritamiz.
-rasmda kontakt halqalar komplekti tasvirlangan.
Dvigatelnin mayda nuqsonlar uni chiqarmasdan bartaraf etilishi mumkin. Masalan: kuyindilarni hosil bo’lishi, tebranishi, halqalarni notekkiz yoyilishi tozalanib silliqlanadi.
Dvigatel izolyatsiyasi shikastlanib korpusga ta’sir etadigan bo’lsa, halqalar me’yoridan ortiq ishqalanib yeyilgan bo’lsa ular almashtiriladi.Kontakt halqalarni almashtirish elektr ta’mirlash tsexlarida amalga oshiriladi.


Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling