Uzum Business qanday ishlaydi
Xodimlarni qo'shish va rollarni boshqarish
Download 116.13 Kb.
|
UZUM manuals Uzb (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xodimni yaratish
- Menejer
- Kontent menejeri
9. Xodimlarni qo'shish va rollarni boshqarish"Xodimlar" bo'limi yordamida siz do'konlaringizni boshqarish uchun kirish huquqlarini berishingiz va o'zgartirishingiz mumkin. Misol uchun, agar siz bir xodimning do'konlaringizda mahsulot yaratishini, boshqasi buxgalteriya hisobini boshqarishini va uchinchisi aksiyalarni boshqarishini istasangiz, unda ushbu bo'lim yordamida uni amalga oshirishingiz mumkin. Shaxsiy kabinetingizning chap menyusidagi "Xodimlar" bo'limida siz do'konlaringizga kirish huquqiga ega bo'lgan barcha xodimlarning ro'yxatini ko'rishingiz mumkin. Xodimni yaratish uchun "Xodim qo'shish" tugmasini bosing. Yangi paydo bo'lgan oynada siz quyidagilarni belgilashingiz kerak: Xodimning shaxsiy kabinetiga kiradigan telefon raqami. Raqam Uzum platformasida sotuvchi hisobi sifatida roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi kerak. Xodimning roli. Xodim ushbu rolni bajaradigan do'konlar. Hozirda mavjud rollar: Menejer — pul mablag'larini olib chiqishdan tashqari, do'konni boshqarishning barcha funksiyalaridan foydalanishi mumkin. Moliyaviy menejer — tovarlarni, promo-kodlarni, hisob-fakturalarni, moliyalarni ko'rishi, ombordagi zaxiralarni tushirishi mumkin. Marketolog — mahsulotlarni, do'kon haqidagi ma'lumotlarni ko'rib chiqish va tahrirlash, promo-kodlarni, taymerli aksiyalarni to'liq boshqarish, saytning har qanday faoliyatida aksiyalar taqvimiga mahsulotlarni qo'shish, moliyalarni ko'rish va savdo ro'yxatini yuklashi mimkin. Kontent menejeri — mahsulotlarni yaratishi, sotuvda bo'lmagan mahsulotlarni va ularning narxlarini tahrirlashi mumkin. Yordam — mahsulotlarni, taymerli chegirmalarni, promo-kodlarni ko'rishi mumkin. Tovarlarni tayyorlash markazi xodimi — bu vazifa doirasida Uzum ombori xodimlari hisob-fakturalar va shtrix-kodlarni yaratishi mumkin, TTM esa doʻkoningizning qolgan maʼlumotlariga kira olmasdan mahsulot kartalarini qoʻshishi mumkin. E'tibor bering, bu holatda xodim avtomatik ravishda qo'shiladi, shuning uchun shaxsiy kabinetingizda ushbu maqom ostida qo'shimcha xodimni ko'rsangiz, tashvishlanmang. Qo'shilgan xodim haqidagi ma'lumotlar yonidagi uchta nuqtani bosish orqali siz rolni o'zgartirishingiz yoki uni butunlay o'chirib tashlashingiz mumkin. Do'koningizda ishni boshlash uchun qo'shilgan xodim o'z hisob ma'lumotlari bilan shaxsiy kabinetning veb-saytiga kirishi kerak. Download 116.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling