Uzum marketpleysi bilan ishlash bo'yicha ko'rsatmalar Uzum Business qanday ishlaydi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
UZUM manuals website text (1)
birinchi jo'natishdan oldin qo'shilishi yoki olib tashlanishi mumkin. Tovarlar sotuvga qo'yilgandan
so'ng, avval yaratilgan xususiyatlar guruhlarining faqat yangi qiymatlarini qo'shish mumkin bo'ladi (masalan, oldindan mavjud "Rang" guruhidagi yangi ranglar yoki o'lcham oralig'idagi yangi ko'rsatkichlar). Xarakteristikani o'zgartirish uchun siz tovarlarni omborga qaytadan topshirishingiz kerak bo'ladi, shuning uchun bu masalada xato qilmaslikka harakat qiling. Mahsulot kartasida siz faqat 5 ta xarakteristika guruhini yaratishingiz mumkin, ulardan 3 tasi noyob xususiyatlar bo'lishi mumkin. # Turli xil hajm va rangdagi termo-krujkalar kartasini yaratish misoli Termo krujkaning rangi va o'lchamini tanlash imkoniyatiga ega bo’lgan mahsulot kartasini yaratish uchun quyidagilarni bajaring: 1. Bizning vazifamiz ikkita xususiyat guruhini - "Rang" va "Hajm" bo'yicha guruhlarni yaratishdir, shunda xaridor o'zi xohlagan termokrujkani qulay tarzda tanlashi mumkin. Bundan tashqari, xususiyatlar guruhidan foydalanish natijasida har bir tovar konfiguratsiyasi (masalan, "qizil 200 ml" yoki "ko'k 400 ml") o'z shtrix-kodi va SKU (artikul) siga ega bo'ladi, bu esa tovarning xaridorga yetgunicha yo'lda uni hech kim boshqa mahsulot bilan aramashtirib yubormasligini ta'minlaydi. 2. Mahsulot xarakteristikalarini yaratishda siz mavjud bo'lgan standart parametrlar ro'yxatidan (masalan, rang yoki o'lcham) tanlashingiz yoki o'zingiz noyob xususiyatlar guruhini (model, sig'im va boshqalar) yaratishingiz mumkin. "Rang" xarakteristikasi standartdir, shuning uchun ushbu parametrni ro'yxatdan tanlab, tegishli ranglarni belgilashingiz mumkin. Bizning holatlarimizda ranglar "Qizil", "Sutrang melanj" va "Moviy". 3. So’ngra, "Hajm" xarakteristikasini yaratish uchun "Yangi xarakteristikani qo'shish" tugmasini bosing, unga nom berib, alohida maydonlarga navbat bilan qiymatlarni kiriting. 4. Bundan so’ng, rang xususiyatlarini mos keladigan mahsulot fotosuratlari bilan bog'lang, shunda rasmlar mijoz ranglarni tanlaganda avtomatik ravishda o'zgaradi. Ushbu fotosuratlar mahsulot kartasidagi asosiy rasmlarni takrorlamasligi kerak. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling