Biz saytimizning vizual komponentini qadrlaymiz va estetika, minimalizm va mustahkam yuqori
sifatli rasmni saqlab qolish uchun katta resurslarni ajratamiz. Ko'plab tadqiqotlar bizning
pozitsiyamiz afzalligini tasdiqlaydi: bunday dizayn xaridorning e'tiborini tortadi va uning ishonchini
oshiradi, chunki bunda mushtariy majburiy emas, balki haqqoniy tanlov qila oladi.
Dizaynni toza saqlash va ishingizni engillashtirish uchun biz fotosuratlar yaratish jarayonini
avtomatlashtirdik va endi hamma ishni o'zimiz qilamiz - bu noyob yondashuv bizga Uzumni
o'xshash saytlardan ajratib turadigan yagona vizual uslubni shakllantirish imkonini beradi.
Uzumda xaridor mahsulotning barcha afzalliklari va kamchiliklari bilan haqiqatda qanday bo'lsa,
shunday ko'radi. Bu sizga tovarni qaytarishlar sonini qiaqartirishga va mijozlarning do'koningizga
va umuman marketpleysga sodiqligini oshirishga imkon beradi. Biz mijozlarimiz bilan "kutilgan va
haqiqat" muammosiga duch kelmasliklari uchun haqqoniy munosabatda bo'lamiz.
Har bir turdagi mahsulot uchun eng mos fon, rakurslar va syomka turi alohida tanlanadi.
Fotostudiyamizning ish qoidalari haqida batafsil ma'lumotni
fotostudiya
bo'limida topishingiz
mumkin.
Bu qanday ishlaydi:
Mahsulot kartasini yaratishda siz mahsulotning haqiqiy ko'rinishini ko'rsatadigan har qanday
fotosuratlarni yuklashingiz mumkin.
Tovarlarni qabul qilish bosqichida biz avtomatik ravishda yangi mahsulotning bitta SKUsini
fotostudiyaga yuboramiz (ombordagi inventar birligini). Fotostudiyada yangi fotosuratlarni
yaratish va tayyorlash jarayonida mahsulotingiz avval yuklagan fotosuratlaringiz yordamida
sotiladi.
Suratlar tayyor bo'lgach, studiya xodimlari ularni mustaqil ravishda mahsulot kartasiga
yuklaydi, shundan so'ng fotosurat o'zgarishlariga kirish yopiladi.
Muhim: Siz faqat "Rang"
xususiyatiga
rasm qo'shishingiz mumkin. Kartangizni yaratayotganda
buni inobatga oling. Agar mahsulotning tashqi ko'rinishi boshqa parametrlar bo'yicha farq qilsa
(masalan: shakli, o'lchami, naqshlari), pozitsiyalarni turli kartalarga bo'lish ma’quldir, aks holda
fotostudiyaga faqat 1 turdagi mahsulot yuboriladi.
#
Do'stlaringiz bilan baham: