Uzum marketpleysi bilan ishlash bo'yicha ko'rsatmalar Uzum Business qanday ishlaydi


muddati mahsulot qadog’ida ko’rsatilgan


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/51
Sana16.06.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1510338
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   51
Bog'liq
UZUM manuals website text (1)

muddati mahsulot qadog’ida ko’rsatilgan iborasini yozishingiz kerak. 
– Agar tovarlarning yaroqlilik muddati cheklanmagan bo'lsa (barcha boshqa toifadagi tovarlar), siz 
kafolat muddati haqidagi ma'lumotlarni ko'rsatishingiz kerak. Sotuvchi tomonidan belgilangan 
muddat bo'lmagan taqdirda, 
kafolat muddati standart ravishda 6 oyni tashkil qiladi.
5.7 Mahsulot kartalaridagi fotosuratlar va videolar 


Biz saytimizning vizual komponentini qadrlaymiz va estetika, minimalizm va mustahkam yuqori 
sifatli rasmni saqlab qolish uchun katta resurslarni ajratamiz. Ko'plab tadqiqotlar bizning 
pozitsiyamiz afzalligini tasdiqlaydi: bunday dizayn xaridorning e'tiborini tortadi va uning ishonchini 
oshiradi, chunki bunda mushtariy majburiy emas, balki haqqoniy tanlov qila oladi. 
Dizaynni toza saqlash va ishingizni engillashtirish uchun biz fotosuratlar yaratish jarayonini 
avtomatlashtirdik va endi hamma ishni o'zimiz qilamiz - bu noyob yondashuv bizga Uzumni 
o'xshash saytlardan ajratib turadigan yagona vizual uslubni shakllantirish imkonini beradi. 
Uzumda xaridor mahsulotning barcha afzalliklari va kamchiliklari bilan haqiqatda qanday bo'lsa, 
shunday ko'radi. Bu sizga tovarni qaytarishlar sonini qiaqartirishga va mijozlarning do'koningizga 
va umuman marketpleysga sodiqligini oshirishga imkon beradi. Biz mijozlarimiz bilan "kutilgan va 
haqiqat" muammosiga duch kelmasliklari uchun haqqoniy munosabatda bo'lamiz. 
Har bir turdagi mahsulot uchun eng mos fon, rakurslar va syomka turi alohida tanlanadi. 
Fotostudiyamizning ish qoidalari haqida batafsil ma'lumotni 
fotostudiya
bo'limida topishingiz 
mumkin. 
Bu qanday ishlaydi: 

Mahsulot kartasini yaratishda siz mahsulotning haqiqiy ko'rinishini ko'rsatadigan har qanday 
fotosuratlarni yuklashingiz mumkin. 

Tovarlarni qabul qilish bosqichida biz avtomatik ravishda yangi mahsulotning bitta SKUsini 
fotostudiyaga yuboramiz (ombordagi inventar birligini). Fotostudiyada yangi fotosuratlarni 
yaratish va tayyorlash jarayonida mahsulotingiz avval yuklagan fotosuratlaringiz yordamida 
sotiladi. 

Suratlar tayyor bo'lgach, studiya xodimlari ularni mustaqil ravishda mahsulot kartasiga 
yuklaydi, shundan so'ng fotosurat o'zgarishlariga kirish yopiladi. 
Muhim: Siz faqat "Rang" 
xususiyatiga
rasm qo'shishingiz mumkin. Kartangizni yaratayotganda 
buni inobatga oling. Agar mahsulotning tashqi ko'rinishi boshqa parametrlar bo'yicha farq qilsa 
(masalan: shakli, o'lchami, naqshlari), pozitsiyalarni turli kartalarga bo'lish ma’quldir, aks holda 
fotostudiyaga faqat 1 turdagi mahsulot yuboriladi. 
#

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling