Uzum marketpleysi bilan ishlash bo'yicha ko'rsatmalar Uzum Business qanday ishlaydi


# 6.2 Shtrix-kodni shakllantirish va chop etish


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/51
Sana16.06.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1510338
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   51
Bog'liq
UZUM manuals website text (1)

#
6.2 Shtrix-kodni shakllantirish va chop etish 
Agar mahsulotda 13 ta raqamdan iborat bo’lgan EAN-13 formatidagi ishlab chiqaruvchining shtrix-
kodi oldindan mavjud bo'lsa, kartani yaratish bosqichida tegishli katakchani belgilang va shtrix-
kodni maxsus maydonga kiriting. Bu holda, siz tovarlarga qo'shimcha shtrix-kodlarni 
yopishtirishingiz shart emas. 
Istisnolar: 

Mahsulot qo'shimcha individual qadoqlarda (plyonka, quti va boshqalar) bo'lib, u orqali 
shtrix kodi ko'rinmaydi. Bunday holda, zavod shtrix kodini quyidagi ko'rsatmalarga muvofiq 
chop etish va uni o'qish oson bo'ladigan tarzda qadoqqa yopishtirish kerak. 

Shtrix-kod aks ettiruvchi yuzada joylashgan (skaner uni o’qiy olmaydi); 

Shtrix-kod boshqa sotuvchi tomonidan foydalanilmoqda. 


Agar mahsulotingizda shtrix-kod bo'lmasa yoki undan ozod qilingan bo'lsa, ikkita usuldan birida 
yangi shtrix-kodlarni chop eting: 
1. Hisob-fakturadan (invoys). 
Agar siz hisob-fakturani yaratgan bo'lsangiz, eng oson yo'li hisob-fakturaning o'zidan shtrix-
kodlarni chop etishdir. Buni amalga oshirish uchun "Hisob-fakturalar" bo'limiga o'ting, avval 
yaratilgan hisob-fakturani bosing va ochilgan oynada "Shtrix-kodlar" tugmasini bosing. Keyin 
shtrix-kod o'lchamini va printer turini (printer, termo-printer) tanlang, kodlarning sonini tekshiring 
va yashil rangli "Shtrix-kodlarni chop etish" tugmasini bosing. 
2. "Yorliqlar" bo'limidan. 
Agar siz shtrix-kodlarni chop etishni va hisob-fakturani yaratishdan oldin tovarlarni qadoqlashni 
boshlamoqchi bo'lsangiz, shaxsiy kabinetingizning chap tomondagi menyusida "Yorliqlar" 
bo'limida kerakli miqdordagi shtrix-kodlarni chop etishingiz mumkin. Buning uchun hisob-
fakturaga kiritiladigan tovarlarni tnlang va o'ng tarafdagi oynaga o'tkazing. Buning uchun kerakli 
mahsulotni bosing va u darhol "Tanlanganlar" oynasiga o'tadi. Keyinchalik, har bir turdagi 
mahsulot uchun kerakli miqdordagi shtrix kodlarini kiritishingiz darkor, printer turini (printer, 
termo-printer) va shtrix kodlarning o'lchamini (mahsulotning o'lchamiga qarab) tanlang. So'ngra, 
"Shtrix-kodlarni chop etish" tugmasini bosing va ularni chop eting (siz ularni PDF formatida ham 
saqlashingiz mumkin). 
Muhim: 

Agar siz zavod shtrix-kodi bo'lgan mahsulotga shtrix-kodni yopishtirayotgan bo'lsangiz 
(masalan, agar u boshqa yetkazib beruvchi tomonidan qo'llanilayotgan bo'lsa), yangi 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling