Uzum marketpleysi bilan ishlash bo'yicha ko'rsatmalar Uzum Business qanday ishlaydi
Buning uchun shaxsiy kabinetingizning chap tomon menyusidagi "Invoyslar" bo'limiga o'ting va "Yaratish" tugmasini bosing
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
UZUM manuals website text (1)
1. Buning uchun shaxsiy kabinetingizning chap tomon menyusidagi "Invoyslar" bo'limiga o'ting va
"Yaratish" tugmasini bosing. 2. "Hisob-fakturani yaratish" ga o'tganingizdan so'ng, chap oynada siz do'koningizdagi barcha mahsulotlar ro'yxatini ko'rasiz. Keyinchalik, hisob-fakturaga kiritiladiganlarni o'ng oynaga o'tkazish orqali tanlashingiz kerak. Buning uchun kerakli mahsulotni bosing va u darhol "Tanlangan" oynasiga o'tadi. Yodda tuting - bitta quti / pallet uchun bitta hisob-faktura, shu bilan birga siz istalgan holda hisob-fakturalar yaratishingiz mumkin (bitta quti / palletda bir xil SKU) yoki aralash holda (turli xil SKU). Xatolik yuz bergan bo'lsa, hisob-faktura uchun tanlangan mahsulotlar ro'yxatidan tovarni olib tashlash uchun siz o'ng oynada mahsulot qatoridagi xochni (iksni) bosishingiz, yoki chap oynada yana mahsulotni o'ziga bosishingiz mumkin. Bitta hisob-fakturada 35 dan ortiq SKU turi bo’lmasligi kerak. 3. So'ngra, siz har bir mahsulotning tannarxini va ushbu yo'l varaqasi bilan qancha birlik mahsulot yetkazib berishni rejalashtirayotganingizni ko'rsatishingiz kerak (esda tutingki, har bir quti yoki pallet uchun uning tarkibiga mos keladigan alohida yuk qog'ozini yaratishingiz kerak), shundan keyin "Vaqt oralig'ini tanlashga" tugmasini bosing. Tannarx ustunida tovarlarni sotib olishning umumiy qiymati, shu jumladan logistika va boshqa xarajatlarni ko'rsating. To'g'ri kiritilgan xarajat ma'lumotlari sizga yangilangan ROI (investitsiyalar rentabelligi koeffitsienti) ma'lumotlarini kuzatib borishga yordam beradi. Hushyor bo'ling, yaratib bo'lingan hisob-fakturada xarajat narxini o'zgartih mumkin emas. Agar siz xatolikka yo'l qo'ygan bo'lsangiz, tannarxi faqat keyingi yetkazib berish bilan tuzatiladi.. 4. Ochilgan oynada mavjud vaqt oralig'ini tanlang. Keyin, "Saqlash" tugmasini bosing va hisob-fakturani yuklab oling. Agar sizning yetkazib berishingiz bir nechta qutilarni o'z ichiga olsa va shunga mos ravishda siz bir nechta hisob-fakturalarni qilishingiz kerak bo'lsa, ular uchun bir xil vaqt oralig'ini tanlang. Agar siz turli vaqt oralig'i uchun bir nechta hisob-fakturalarni yaratgan bo'lsangiz, lekin ularni birlashtirish sizga qulayroq bo'lsa, ularni bitta vaqt oralig'iga birlashtirishingiz kerak. Buning uchun yaratilgan hisob- fakturalarni tanlang, "Vaqt oralig'ini tanlash" degan paydo bo'luvchi oynani bosing va kerakli sanani tanlang. Agar siz hisob-fakturada xatoga yo'l qo'ygan bo'lsangiz yoki uni yuborish haqidagi fikringizni o'zgartirgan bo'lsangiz, ushbu hisob-fakturani bekor qilishingiz mumkin. Buning uchun shaxsiy kabinetingizning chap tomondagi menyusida "Hisob-fakturalar" bo'limiga o'ting va yaratilgan hisob-fakturaga bosing. Shunda oyna ochiladi, uning pastki qismida "Hisob-fakturani bekor qilish" tugmasi bor. Siz uni bosishingiz va bekor qilishni tasdiqlashingiz kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling