Uzum marketpleysi bilan ishlash bo'yicha ko'rsatmalar Uzum Business qanday ishlaydi
Biz nohaq raqobatga qarshi faol kurashamiz va shubhali reytinglarni kuzatib boramiz
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
UZUM manuals website text (1)
Biz nohaq raqobatga qarshi faol kurashamiz va shubhali reytinglarni kuzatib boramiz,
bunday sharhlarni tushuntirishsiz bloklash huquqini o'zimizda saqlab qolamiz. # 7.3 Xaridor bilan chat Xaridorning chat orqali sotuvchi bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot qilishi, mahsulotga oid har qanday savolini berishi saytimizning o’ziga xos xususiyatlaridan biridir. Xaridorlar sizdan tovarlarning xususiyatlari haqida so'rashlari yoki, deylik, keyingi yetkazib berish sanasini bilishlari mumkin. Shuningdek, siz bunday suhbat orqali o'rtacha chekni oshirish uchun foydalanishingiz mumkin, masalan, mijozga uni qiziqtirgan mahsulotga qo'shimcha ravishda yana biror narsa sotib olishni maslahat bergan holda. Tezkor javob mijozni do'koningizda ushlab qolishga yordam beradi - xaridor savollariga qanchalik tez javob bersangiz, xarid qilish ehtimoli shunchalik yuqori bo'ladi. Endi chatlar mijoz ilovasida mavjud, ularni topish uchun siz quyidagi qadmlarni bajarishingiz kerak: 1. Mijozlar ilovasi (Google Play, App Store) da tizimga kirish uchun siz shaxsiy kabinetingizga kirish uchun qo'llanadigan foydalanuvchi nomi va parolni tering; 2. “Profil” bo’limidan “Mening chatlarim” bo’limiga o’ting. Ommaviy pochta jo'natmalari va spam yuborish uchun chatlardan foydalanish taqiqlanadi - ham mijozlar, ham sotuvchilar uchun. Bu qat'iy qoida bo'lib, uni buzganlik uchun hisobni bloklashimiz mumkin. # Mijozlar bilan muloqot qilish bo'yicha umumiy tavsiyalar Kuchli raqobat sharoitida kompaniyaning muvaffaqiyati bevosita mijozlarga ko'rsatiladigan e'tiborga bog'liq. Xizmat sifati qanchalik yuqori bo'lsa, mijozlar shunchalik tez-tez do'koningizga qaytib keladi va takroriy xaridlarni amalga oshiradilar. Mijozlar bilan muloqot qilishda quyidagi qoidalarga rioya qilishni tavsiya etamiz: ▪ chatda savollarga darhol javob bering, dastlabki 3 daqiqa ichida berilgan javob 80% xaridga aylanadi; ▪ qolipli matnlarisiz xaridorga shaxsan murojaat qiling; ▪ muloqotning ishbilarmonlik uslubini saqlashga harakat qiling - savodli, ixcham javoblar xaridorning nazarida tajribangizni oshiradi; ▪ do'stona munosabatda bo'ling: xaridorga yaxshi kayfiyat va samimiy g'amxo'rlik bilan murojaat qiling, shunda u sizning do'oningizga xarid uchun albatta qaytib keladi; ▪ ziddiyatli vaziyatda xaridor bilan bahslashmang - uning his-tuyg'ularini tushunishga va birgalikda baham ko'rishga harakat qiling, so'ngra yechim taklif qiling. Har bir sharh va chatdagi murojaat -- bu sizning bajarayotgan ishingiz haqidagi qimmatli fikr- mulohaza manbai hisoblanadi. Kiruvchi ma'lumotlarni muntazam ravishda tahlil qilib, mahsulotingizni yaxshilashga harakat qiling. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling