Uzum marketpleysi bilan ishlash bo'yicha ko'rsatmalar Uzum Business qanday ishlaydi


# 7.4 Xaridorlar tomonidan tovarlarning qaytarishlari va brak


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/51
Sana16.06.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1510338
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   51
Bog'liq
UZUM manuals website text (1)

#
7.4 Xaridorlar tomonidan tovarlarning qaytarishlari va brak 
Uzum – sifatli mahsulotlar marketpleysi. Biz nuqsonli mahsulotlarni sotmaymiz va siz ham to'liq 
javobgarlikni o'z zimmangizga olgan holda tovarlar va ta'minotchilarni tanlashda, sifat nazoratini 
qat'iy bohqarishda ishga e'tibor bilan yondashishingizga umid qilamiz. 


Ushbu bo'limda biz tovar qaytarishlari va braklar bilan ishlash tartibini batafsil bayon qildik. 
Saytimizda muvaffaqiyatli sotuvchi bo'lishni va sifatli xizmat ko'rsatishni istagan har bir kishi bu 
yo'riqnomani bilishi kerak. 
#
 
Xaridorning tovarni qaytarish sabablari 
1. Xaridor tomonidan buyurtma qilingan mahsulot tavsifga mos kelmaydi. 
2. Buyurtma to'liq emas, yoki to'liq jihozlanmagan holda yetkazib berilgan. 
3. Mahsulot qadog'i g’ijimlangan, tashqi ko'rinishi buzilgan. 
4. Mahsulot nuqsonli yoki buzilgan (ishlamaydi, shikastlangan). 
5. Xaridor "Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida" gi qonunga muvofiq sotib olishdan 
bosh tortadi. Unga ko'ra, sifatli tovar 10 kun ichida qaytarib berilishi mumkin. Sabab tariqasida 
"yoqmadi" yoki "mos kelmadi" deb ko'rsatiladi. 
Ohirgi holda, tovarlar omborga qaytariladi va qayta sotiladi. Dastlabki to'rt holda qaytarilgan tovarlar 
brak toifasiga tushadi va alohida saqlanadi. 
#
 
Brakli tovarlar bilan nima qilish kerak 
Brakli buyumlar xaridor qaytarganidan keyin 30 kun ichida ombordan olib ketilishi kerak. Agar bu 
vaqt ichida ularni olib chiqishga imkoningiz bo'lmagan bo'lsa, ofertaga ko'ra, bu utilizatsiya 
qilishga rozilik deb hisoblanadi. Shuning uchun, tovar qaytarishlarini kuzatib borish va ularga o'z 
vaqtida javob berishga harakat qiling. Shuni yodda tutingki, brakli mahsulotlarni yig'ish, tashish va 
rasmiylashtirish uchun tayyorlash bir hafta vaqtni oladi. Tovarlarni ombordan olib chiqish haqida 
to'liq ma'lumotni 
bu erda
 o'qing. 
Agar sizga nuqsonli tovarlar kerak bo'lmasa va siz ularni olib ketishni xohlamasangiz, nuqsonlarni 
yig'ish shaklini to'ldirgandan so'ng, brakni qayta ishlash uchun arizani to'ldiring va uni shaxsiy 
kabinetingizning veb-saytidagi biznesni qo'llab-quvvatlash chatiga yuboring. Ariza shaklini 
havoladan
 yuklab olish mumkin. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling