Uzum marketpleysi bilan ishlash bo'yicha ko'rsatmalar Uzum Business qanday ishlaydi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/51
Sana16.06.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1510338
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   51
Bog'liq
UZUM manuals website text (1)

#
3. Muammolar bo'limidan. 
Agar sizning mahsulotingiz uzoq vaqt davomida omborda qabul qilinmasa yoki nomuvofiqlik bilan 
qabul qilinsa, ehtimol u muammoli bo'limga tushgan bo'lishi mumkin. Bunday holatning asosiy 
sabablari quyidagilardan iborat: 

shtrix-kod bilan bog'liq muammolar (mavjud emas, o'qilmaydi, shakli buzilgan, mahsulotga mos 
kelmaydi); 

mahsulot bilan bog'liq muammolar (e'lon qilingan vazniga mos kelmasligi, qadog'i chilmasdan turib 
ko'rinadigan nuqsoni, suyuqlikning oqishi va boshqalar); 

qadoq bilan bog'liq muammolar (individual qadoqning yo'qligi, qadoqning shikastlanganligi yoki 
talablarga mos kelmasligi); 

ortiqcha buyum (buyurtmada qabul qilish dalolatnomasida ko'rsatilganidan ko'proq tovar bo'lsa). 
Muammoli bo'limdagi tovarlarni ombordan qabul qilish dalolatnomasining raqami bo'yicha olib 
ketishingiz mumkin, unga ko'ra siz tovarlarni omborga topshirgansiz. Buni shaxsiy kabinetingizdagi 
"Invoysalar" bo'limida topishingiz mumkin. 
Tovarlarni ombordan qanday olib ketish mumkin: 
Ombordan tovarlarni olish uchun shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat, va agar tovarlar uchinchi shaxs 
tomonidan olib ketilsa, uning nomiga ishonchnoma va shxsini tasdiqlovchi xujjat yonida bo’lishi 
kerak. Ombor xodimiga yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor nomini va olib ketishingiz 
kerak bo'lgan tovarlarga tuzilgan dalolatnoma raqamlarini ko'rsatishingiz kerak. 
Muhim! Ombor xodimlari tovarlarni qabul qilish uchun shaxsiy kabinetda ro’yxatdan o’tgan 
yuridik shaxsdan ishonchnomaning asl nusxasiga ega bo’lgan uchinchi shaxslargagina 
tovarlarni beradi. Ishonchnoma qolipini 
havoladan
 yuklab olishingiz mumkin. 
#
7.6 Mahsulot kartasini blokirovka qilish 
Belgilangan qoidalarga rioya qilish Uzumda muvaffaqiyatli savdo qilishning kalitidir. Agar mahsulot 
saytimiz talablariga javob bermasa, biz kartani vaqtincha yoki doimiy ravishda bloklashimiz 
mumkin. 


Bloklangan taqdirda, sabab har doim mahsulot kartasida ko'rsatiladi: 
Muammolarga duch kelmaslik uchun, blokirovka qilishning joriy sabablari ro'yxatini va karta blokka 
tushib qolgan holda nima qilish kerakligini diqqat bilan o'rganib chiqing: 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling