Uzum marketpleysi bilan ishlash bo'yicha ko'rsatmalar Uzum Business qanday ishlaydi


#   Qadoqlashning umumiy qoidalari


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/51
Sana16.06.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1510338
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   51
Bog'liq
UZUM manuals website text (1)

#
 
Qadoqlashning umumiy qoidalari:
 

Har bir mahsulot alohida qadoqqa ega
Mahsulot qadog'i va solingan idishi uning sotilish paytigacha u-bu kim ruxsatisiz tegishining oldini 
olish va tarkibini tashqi buzuvchi moddalar, chang va ifloslanishdan himoya qilish uchun 
mo'ljallangan. Agar mahsulot dastlab bizning talablarga javob beradigan zavod qadoqlariga ega 
bo'lsa, u holda qo'shimcha qadoqlash shart emas.



Mahsulot qadog'i tashish va saqlash vaqtida tovarlarning xavfsizligini ta'minlash uchun 
yetarlicha ishonchli. 

Qadoqning o’ziga jalb qiluvchi tashqi ko’rinishga ega
Qadoq — bu xaridorning mahsulotni qabul qilgan zaxoti ko'radigan birinchi narsa. Qadoq idishi 
taassurotni buzmasligiga va iste'molchilarning do'koningiz haqidagi fikriga ijobiy ta'sir ko'rsatishiga 
ishonch hosil qiling. 

Qadoq butun, tarkibga kirish imkoni yo'q va mahsulot shikastlanmagan. 

Mahsulotning shtrix kodini qadoqni ochmasdan o’qish mumkin. 

Mahsulot quti ichida osilib turmaydi: bo'sh joyni qog'oz yoki boshqa zichlashtiruvchi bilan 
to'ldiring. 

Agar mahsulot to'plamdan iborat bo'lsa (masalan: chelak + pol uchun latta, futbolka + shorti, 10 
juft paypoq), unda uning barcha qismlari bir qadoqqa o'ralgan bo'lib, ustiga bitta umumiy 
shtrix kod va "To'plam holida sotiladi" degan belgilar yopishtirilgan bo'lishi kerak. Agar 
mahsulotning har bir qismiga alohida shtrix-kodlar yopishtirilgan bo'lsa, u holda uning faqat bir 
qismigina xaridorga yetkaziladi. 

Agar mahsulotingiz qadoqlash bo'yicha alohida talablarga ega bo'lsa (pastga qarang), u 
ushbu talablarga mos kelishi kerak.
Ayrim toifadagi tovarlar uchun qadoqlash talablari 
Quyidagi mahsulotlar ruxsat etilgan qadoqlash turlari bo'yicha alohida talablarga ega. Buyumingiz 
to'g'ri qadoqlanganligini tekshiring. Agar mahsulot boshqacha qadoqlangan bo'lsa, uni to'g'ri 
qadoqlang. 
*
Mo'rt mahsulotlarga quyidagilar kiradi: 

idish-tovoq, sopol pichoqlar, shisha va sopol qoliplar, ko'zgular, qandillar; 

shisha va sopoldan yasalgan haykalchalar, vazalar, krujkalar, qadahlar; 

shisha qopqoqlar; 

shishadagi barcha suyuq mahsulotlar; 

fotoramkalar, soatlar, individual qadoqlanmagan shishali rasmlar; 

elektronika (masalan, telefonlar, smartfonlar, planshetlar, kommunikatorlar, registratorlar, 
navigatorlar, qattiq disklar, elektron kitoblar, raqamli foto ramkalar). 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling