Uzum marketpleysi bilan ishlash bo'yicha ko'rsatmalar Uzum Business qanday ishlaydi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
UZUM manuals website text (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.13 Shtrix-kodni belgilash
5.12 SKUni shakllantirish SKU — tovar assortimentidagi har bir positsiyaga tayinlanadigan noyob mahsulot identifikatori. Mahsulotning har bir mavjud varianti uchun SKU noyob bo'lishi kerak. Misol uchun, agar sizning mahsulotingiz "Palto" bo'lsa va uning ranglari ikkita - qora va oq, shuningdek uchta o'lcham - S, M va L bo'lsa, unda bu mahsulot oltita SKUga ega bo'ladi - qora S, qora M, qora L, oq S, oq M va oq L. Mahsulotning to'liq SKUsi quyidagilardan iborat: Do'kon SKUsi (qisqa nom, do'kon parametrlarini kiritishda bir marta o'rnatiladi); Mahsulot SKUsi - uni o'zingiz o'rnatasiz; maksimal 7 ta belgidan iborat (lotin yoki kirill harflari va/yoki raqamlardan iborat bo'ladi); Xarakteristikalar SKUsi - agar siz ochiladigan standart ro'yxatdan (rang, o'lcham va h.k.) mahsulot xususiyatlarini tanlagan bo'lsangiz, avtomatik ravishda yaratiladi. Agar siz maxsus xususiyatlarni o'zingiz kiritgan bo'lsangiz, ushbu xususiyatlar uchun SKUlarni o'zingiz qo'lda kiriting. Ba'zi hollarda mahsulot turli xil xususiyatlarga ega bo'lmasligi mumkin (masalan, bitta mahsulot ichida bir xil o'lchamdagi, bir xil rang, bir xil to'plamli va hokazo paypoqlarni sotsangiz). Bunday holda, uni aniqlash uchun faqat do'konning SKUsi va mahsulotning SKUsi yetarli bo'ladi. # 5.13 Shtrix-kodni belgilash Har bir SKU (artikul) uchun avtomatik ravishda tizimli noyob shtrix-kodi tayinlanadi, uni chop etish va mahsulotga yopishtirish kerak. Shtrix-kod ostida kodlangan raqam to'liq aks ettirilgan Agar mahsulotda EAN-13 formatidagi ishlab chiqaruvchining shtrix-kodi oldindan mavjud bo'lsa va u marketpleysning boshqa yetkazib beruvchisi tomonidan band etilmagan bo'lsa, mahsulot kartasini yaratishda shu shtrix-kodni qo'lda kiritishingiz mumkin. Buning uchun "O'zingiznikini belgilang" tugmasini bosing, 13 ta raqamni kiriting va saqlang. Bunday holda, ishlab chiqaruvchidan olingan shtrix-kodni Uzum platformasi tomonidan yaratilgan shtrix-kod bilan almashtirishingiz shart emas. Boshqa hollarda, "Shtrix-kod" maydonlariga hech narsa kiritmang va ular avtomatik ravishda yaratiladi. Agar biror paytda mahsulot SKUsi o'zgartirishga qaror qilsangiz, uning tizimdagi shtrix-kodi o'zgaradi. Tovarni jo'natishga tayyorlashda buni yodda tuting. Muhim: agar ishlab chiqaruvchi to'g'ridan-to'g'ri marketpleys bilan hamkorlik qila boshlasa, shtrix- kodlardan foydalanish ustuvorligi unda qoladi. # Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling