Agar mahsulotingizda shtrix-kod bo'lmasa yoki undan ozod qilingan bo'lsa, ikkita usuldan birida
yangi shtrix-kodlarni chop eting:
1. Hisob-fakturadan (invoys).
Agar siz hisob-fakturani yaratgan bo'lsangiz, eng oson yo'li hisob-fakturaning o'zidan shtrix-
kodlarni chop etishdir. Buni amalga oshirish uchun "Hisob-fakturalar" bo'limiga o'ting, avval
yaratilgan hisob-fakturani bosing va ochilgan oynada "Shtrix-kodlar" tugmasini bosing. Keyin
shtrix-kod o'lchamini va printer turini (printer, termo-printer) tanlang, kodlarning sonini tekshiring
va yashil rangli "Shtrix-kodlarni chop etish" tugmasini bosing.
2. "Yorliqlar" bo'limidan.
Agar siz shtrix-kodlarni chop etishni va hisob-fakturani yaratishdan oldin tovarlarni qadoqlashni
boshlamoqchi bo'lsangiz, shaxsiy kabinetingizning chap tomondagi menyusida "Yorliqlar"
bo'limida kerakli miqdordagi shtrix-kodlarni chop etishingiz mumkin. Buning uchun hisob-
fakturaga kiritiladigan tovarlarni tnlang va o'ng tarafdagi oynaga o'tkazing. Buning uchun kerakli
mahsulotni bosing va u darhol "Tanlanganlar" oynasiga o'tadi. Keyinchalik, har bir turdagi
mahsulot uchun kerakli miqdordagi shtrix kodlarini kiritishingiz darkor, printer turini (printer,
termo-printer) va shtrix kodlarning o'lchamini (mahsulotning o'lchamiga qarab) tanlang. So'ngra,
"Shtrix-kodlarni chop etish" tugmasini bosing va ularni chop eting (siz ularni PDF formatida ham
saqlashingiz mumkin).
Muhim:
Agar siz zavod shtrix-kodi bo'lgan mahsulotga shtrix-kodni yopishtirayotgan bo'lsangiz
(masalan, agar u boshqa yetkazib beruvchi tomonidan qo'llanilayotgan bo'lsa),
yangi
Do'stlaringiz bilan baham: