Uzum marketpleysi bilan ishlash bo'yicha ko'rsatmalar Uzum Business qanday ishlaydi


 Tovarlarni tayyorlash va omborga jo'natish


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/51
Sana16.06.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1510338
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   51
Bog'liq
UZUM manuals website text (1)

6. Tovarlarni tayyorlash va omborga jo'natish 
Muhim: Mahsulot kartalarini yaratganingizdan so'ng, moderatsiyani kutishingiz shart emas. Siz 
darhol hisob-fakturani yaratib, tovarlarni omborga yuborishingiz mumkin. Moderatsiya tovarlar 
omborga qabul qilinib, sotuvga chiqarilgandan keyin umumiy navbat tartibida amalga oshiriladi. 
Shu bilan birga, mahsulot kartalari ularni yaratish vaqtida avtomatik ravishda xatolarining 
mavjudligiga tekshiriladi. 
Tovarlarni omborga jo'natish uchun tayyorlashda qo'llanmaning ushbu bo'limiga e'tibor berish 
zarur. Mahsulotlarni qabul qilish sifati va tezligi ularning to'g'ri qadoqlanishi va tayyorlanishiga 
bog'liq. Agar bu yerda ko'rsatilgan qoidalarga rioya qilinmasa, ombor tovarlarni qabul qilishdan 
bosh tortishi mumkin va sotuvchi tovarni o'z kuchi olib chiqib ketishiga majbur bo'ladi. 
Tovarlarni tez sotuvga tayyorlash uchun siz bizning Tovarlarni tayyorlash markazimiz (CPT) 
xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin. Ular tovar sifatini tekshirish, uni qadoqlash, SKU bo'yicha 
saralash, shtrix-kodlarni yopishtirish, hisob-fakturani yaratish va siz uchun mahsulotni omborga 
yetkazishlari mumkin. 
#
6.1 Tovarlarni tekshirish va qadoqlash
Yetkazib berish paytida tovarning yetarli darajada yaxshi qadoqlanmaganligi sababli 
shikastlanishi uchun sotuvchi javobgar hisoblanadi. Ehtimol, mijoz buzilgan mahsulotni qabul 
qilib, salbiy sharh qoldirishi va kartangiz reytingini tushirishi mumkin. Xaridorlarga sifatli xizmat 
ko'rsatilishi va ulardan siz ijobiy sharhlar olishingiz uchun nafaqat mahsulotning o'zi, balki uning 
qadoqlash sifatini ham diqqat bilan nazorat qilishingiz kerak. 
Mumkin bo’lgan parametrlar: 
• Qadoqning o'lchami uch tomonning yig'indisi bo'yicha 190 sm dan oshmaydi (kenglik + 
chuqurlik + balandlik). 
• Yon tomonlaridan birining maksimal uzunligi 120 sm dan oshmaydi. 
• Tovarning ruxsat etilgan maksimal og'irligi - 15 kg. 
*Katta maishiy texnika bundan mustasno 
Mahsulot turiga qarab, qadoqlash uchun zip-lock paketlar, stretch plyonka, kraft paketlar, termo-
qisqaruvchi plyonka, BMPP sumkalar, karton qutilar va boshqalar ishlatilishi mumkin. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling