Uzum marketpleysi bilan ishlash bo'yicha ko'rsatmalar Uzum Business qanday ishlaydi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/51
Sana16.06.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1510338
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   51
Bog'liq
UZUM manuals website text (1)

qutilarga soling. 
Saralangan tovarlarni qutilarga soling va yetkazib berish qog'ozidagi tarkibi va miqdorini 
tekshiring. Bitta qutida (yoki palletada) joylashgan tovarlar soni ushbu quti uchun yaratilgan 
hisob-fakturada ko'rsatilganidan ko'p yoki kam bo'lmasligi kerak. 
Saqlash va tashish paytida tovarlarga zarar yetkazmaslik uchun quyidagilarni qo'ymang: 

mo'rt buyumlar ustiga og'ir tovarlarni; 

elektr jihozlari bilan birga suyuqliklarni; 



sog'liq uchun xavfli moddalar (maishiy kimyo, o'g'itlar, dori-darmonlar va boshqalar) bilan 
birga oziq-ovqatlarni; 

kuchli hidli mahsulotlar bilan birga hidni yutuvchi mahsulotlarni. 
Qutidagi tovarlar ishonchli tarzda mahkamlangan bo'lishi kerak. Oraliqni bo'luvchi sifatida maxsus 
zichlashtiruvchilardan foydalaning: gofrirovka qilingan qog'oz, pufakchali yelim o'ram va boshqalar. 
Har bir qutiga ushbu qutining hisob-fakturasidan bitta nusxasini qo'shib joylashtiting, 
ikkinchi nusxasini esa tashqi tomondan teshikli faylga solib ilova qiling. 
Agar siz ko'p miqdordagi tovarlarni yoki katta hajmdagi tovarlarni yetkazib berayotgan bo'lsangiz, 
uni stretch plyonkaga o'rab, schyot-fakturani biriktirib, palletaga joylashtirishingiz mumkin. Bunday 
holda ham yana shu qoida qo'llaniladi: bitta hisob-faktura bo'yicha tovarlar bitta qutida / 
palletada joylashgan bo'lishi kerak. Ushbu qoida tovarlarni qabul qilish tezligini oshirish uchun 
yaratilgan. 
6.5 Tovarlarni omborga jo'natish 
Omborimiz manzili: 
O’zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Sergeli tumani, Xonobod 2-o’tish ko’chasi, 1. 
Geolokatsiya
 va "UZUM" yozuvli belgisiga e'tibor bering 
Ombordga tovarlar har kuni soat 09:00 dan 21:00 gacha qabul qilinadi
Tovarlarni omborga qanday jo'natish kerak: 
Tovarlarni omborga quyidagi ikkita usulning biridan foydalanib jo'natish mumkin: 
#
1. Tovarlarni shaxsan o'zingiz olib keling yoki bu vazifani xodimlaringizga topshiring. 
Tovarlarni omborga topshirish uchun shaxsiy kabinetingizda ro'yxatdan o'tgan shaxsdan 
ishonchnoma kerak emas

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling