Uzumdan tayyorlangan vinoning sifat ko’rsatkichlarini taxlil qilish


Download 285.12 Kb.
Pdf ko'rish
Sana04.01.2023
Hajmi285.12 Kb.
#1077327
Bog'liq
Uzumdan tayyorlangan vinoning sifat ko



Uzumdan tayyorlangan vinoning sifat ko’rsatkichlarini taxlil qilish. 
 
Uzumni texnik navlarining asosiy sifat ko‘rsatkichlariga uzum boshi o‘lchami (katta, kichikligi) 
og‘irligi, g‘ujumining og‘irligi, hajmi, rangi va uzum g‘ujumi sharbatini qandligi va kislotaligi 
kiradi. Uzumning uzum boshi kattaligi, og‘irligi texnik navlarining sifat ko‘rsatkichlardan biridir. 
Bu ko‘rsatkichlar qarab, aniqlash uchun mavjud navning har biridan shu navga xos bo‘lgan 
o‘rtacha 10 ta uzum boshi tanlanadi. 
1-Topshiriq. Har bir uzum boshi kattaligini og‘irligini eni, bo‘yi va uzum boshi og‘irligi 
aniqlanadi va 4-jadval bo‘yicha yoziladi. 
Uzum boshining o‘lchamiini (kattaligi) aniqlash uchun namuna uzum boshi eni, bo‘yi 
o‘lchanadi va texnik tarozida uzum boshlari umumiy og‘irligi grammlarda aniqlanadi. 

Uzum boshi o‘lchami eni va bo‘yi sm larda aniqlanadi. Bunda namunaga olingan hamma 
uzum boshlarini chizg‘ich va shtangensirkulda o‘lchanadi va jadvalga yoziladi. 
4-jadval 
Har xil texnik uzum navlari uzum boshining katta kichikligi, og‘irligini tahliliy ko‘rsatkichlari 
T/r 
Nav 
O‘lchash 
uchun 
uzum 
boshi 
Uzum boshi 
o‘lchami, sm 
Uzum 
boshini 
og‘irligi, g 
100 ta 
g‘ujumni 
og‘irligi, g 
100 ta 
g‘ujumini 
hajmi, sm
3
 
eni 
bo‘yi 

Bayan 
Shirey 

80 
15 
350 
340 
300 


14 
320 
300 
280 

12 
18 
450 
415 
400 
o‘rtacha 
10 
16,3 
373,3 
351,5 
326,6 

Uzum boshining og‘irligi har bir boshni texnik tarozida tortib o‘lchanadi va olgan 
ma’lumot va jadvalga yoziladi. 

100 ta g‘ujum og‘irligi 3 takrorlanishda tarozida tortilib aniqlanadi. 

100 ta g‘ujumni hajmini aniqlash. Bu uchun hajmini belgilovchi. 

1000 ml shisha silindr idishlar kerak bo‘ladi. Silindrga suv to‘ldiriladi, keyin unga 100 
ta g‘ujum solinadi, natijada suvni sathi ma’lum belgigacha


ko‘tariladi, shu ko‘tarilgan bo‘lim uzumning 100 ta g‘ujumni hajmi hisoblanadi va sm
3
da ifodalanadi. 
2-topshiriq. Uzum rangi. Bu uzum boshining eng asosiy sifat ko‘rchatkichlaridan biridir. Bu 
ko‘rsatkichga qarab, uzumni pishganligi aniqlanadi. Uzum navlari ko‘pchiligi mevasining rang oq 
rang, buni aniqlash ancha qiyin chunki oq rang davlat standartida bir necha xilga bo‘linadi. 
Shuning uchun rangni aniq ajratish uchun fotometrik usul yoki maxsus Bandarseva jadvali 
yordamida aniqlanadi. 
Material va jihozlar. 
1. 2 ta texnik uzum navining har biridan 5 tadan uzum boshi. 
2. chizg‘ich, shtangensirkul. 
3. texnik tarozilar. 
4. tarelka, qaychilar, 250 va 1000 ml silindr idishlar. 
5. Bondarseva jadvali rangni aniqlash uchun 
Nazorat savollari 
1. Uzumning texnik navlarini asosiy sifat ko‘rchatkichlariga nimalar kiradi? 


2. Uzum boshi katta-kichikligi qanday aniqlanadi? 
3. Uzum boshi g‘ujumidagi rang qanday usul va jadvallar yordamida aniqlanadi? 
4. Uzum navlarining rangi har xil bo‘lishiga nima sabab bo‘ladi? 
5. O‘zbekiston Respublikasida rayonlashtirilgan sharobbop uzum navlarining uzum boshi 
og‘irligi qanchadan, qanchagacha bo‘ladi? 

Download 285.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling