Uzumdan tayyorlangan vinoning sifat ko’rsatkichlarini taxlil qilish
Download 285.12 Kb. Pdf ko'rish
|
Uzumdan tayyorlangan vinoning sifat ko
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-Topshiriq.
- 100 ta g‘ujumini hajmi, sm 3 eni bo‘yi
- 2-topshiriq.
- Material va jihozlar.
- Nazorat savollari
Uzumdan tayyorlangan vinoning sifat ko’rsatkichlarini taxlil qilish. Uzumni texnik navlarining asosiy sifat ko‘rsatkichlariga uzum boshi o‘lchami (katta, kichikligi) og‘irligi, g‘ujumining og‘irligi, hajmi, rangi va uzum g‘ujumi sharbatini qandligi va kislotaligi kiradi. Uzumning uzum boshi kattaligi, og‘irligi texnik navlarining sifat ko‘rsatkichlardan biridir. Bu ko‘rsatkichlar qarab, aniqlash uchun mavjud navning har biridan shu navga xos bo‘lgan o‘rtacha 10 ta uzum boshi tanlanadi. 1-Topshiriq. Har bir uzum boshi kattaligini og‘irligini eni, bo‘yi va uzum boshi og‘irligi aniqlanadi va 4-jadval bo‘yicha yoziladi. Uzum boshining o‘lchamiini (kattaligi) aniqlash uchun namuna uzum boshi eni, bo‘yi o‘lchanadi va texnik tarozida uzum boshlari umumiy og‘irligi grammlarda aniqlanadi. Uzum boshi o‘lchami eni va bo‘yi sm larda aniqlanadi. Bunda namunaga olingan hamma uzum boshlarini chizg‘ich va shtangensirkulda o‘lchanadi va jadvalga yoziladi. 4-jadval Har xil texnik uzum navlari uzum boshining katta kichikligi, og‘irligini tahliliy ko‘rsatkichlari T/r Nav O‘lchash uchun uzum boshi Uzum boshi o‘lchami, sm Uzum boshini og‘irligi, g 100 ta g‘ujumni og‘irligi, g 100 ta g‘ujumini hajmi, sm 3 eni bo‘yi 1 Bayan Shirey 1 80 15 350 340 300 2 9 14 320 300 280 3 12 18 450 415 400 o‘rtacha 10 16,3 373,3 351,5 326,6 Uzum boshining og‘irligi har bir boshni texnik tarozida tortib o‘lchanadi va olgan ma’lumot va jadvalga yoziladi. 100 ta g‘ujum og‘irligi 3 takrorlanishda tarozida tortilib aniqlanadi. 100 ta g‘ujumni hajmini aniqlash. Bu uchun hajmini belgilovchi. 1000 ml shisha silindr idishlar kerak bo‘ladi. Silindrga suv to‘ldiriladi, keyin unga 100 ta g‘ujum solinadi, natijada suvni sathi ma’lum belgigacha ko‘tariladi, shu ko‘tarilgan bo‘lim uzumning 100 ta g‘ujumni hajmi hisoblanadi va sm 3 da ifodalanadi. 2-topshiriq. Uzum rangi. Bu uzum boshining eng asosiy sifat ko‘rchatkichlaridan biridir. Bu ko‘rsatkichga qarab, uzumni pishganligi aniqlanadi. Uzum navlari ko‘pchiligi mevasining rang oq rang, buni aniqlash ancha qiyin chunki oq rang davlat standartida bir necha xilga bo‘linadi. Shuning uchun rangni aniq ajratish uchun fotometrik usul yoki maxsus Bandarseva jadvali yordamida aniqlanadi. Material va jihozlar. 1. 2 ta texnik uzum navining har biridan 5 tadan uzum boshi. 2. chizg‘ich, shtangensirkul. 3. texnik tarozilar. 4. tarelka, qaychilar, 250 va 1000 ml silindr idishlar. 5. Bondarseva jadvali rangni aniqlash uchun Nazorat savollari 1. Uzumning texnik navlarini asosiy sifat ko‘rchatkichlariga nimalar kiradi? 2. Uzum boshi katta-kichikligi qanday aniqlanadi? 3. Uzum boshi g‘ujumidagi rang qanday usul va jadvallar yordamida aniqlanadi? 4. Uzum navlarining rangi har xil bo‘lishiga nima sabab bo‘ladi? 5. O‘zbekiston Respublikasida rayonlashtirilgan sharobbop uzum navlarining uzum boshi og‘irligi qanchadan, qanchagacha bo‘ladi? Download 285.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling