V. А. Kostetskiy


Download 3.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/101
Sana02.12.2023
Hajmi3.21 Mb.
#1780354
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101
Bog'liq
10 sinf huquq tahrirlangan @Huquq kitoblar

SHARTLI BELGILAR 
– yodda tuting 
– huquqiy 
vaziyat 
– bilimingizni 
sinang 
 
– topshiriq 
– Konstitutsiya va qonun hujjatlaridan 
ko‘chirmalar 
 
Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari 
hisobidan chop etildi. 
© V. А. Kostetskiy, 2017. 
ISBN 978-9943-4936-0-5 
© «Yangiyo‘l Poligraf Servis», 2017. 



O‘QUVCHILARGA 
 
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli 
islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va 
huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvor- 
ligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikeng- 
lik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib 
hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqa- 
rish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. 
Tez va shiddat bilan o‘zgarayotgan dunyoda inson ongi uchun kurash to- 
bora kuchayib borayotgan davrda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldi- 
ni olish, diniy ekstremizm va terrorizmga, uyushgan jinoyatchilikning boshqa 
shakllariga qarshi kurashish bo‘yicha tashkiliy-amaliy choralarni kuchaytirish 
kun tartibidagi eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib qoldi. Shu ma’noda mus- 
taqillikning dastlabki yillarida boshlangan ishlarning mantiqiy davomi sifatida 
2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustu- 
vor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida aholining huquqiy madaniya- 
tini yuksaltirish va huquqiy ongini oshirish masalalari ham alohida tamoyil si- 
fatida o‘z aksini topdi. «Davlat va huquq asoslari» o‘quv fanining o‘z oldiga 
qo‘ygan asosiy maqsadi o‘quvchilarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishdan 
iboratdir. 
Aziz o‘quvchi! Quyi sinflarda siz davlat va huquqning kelib chiqishi, 
davlat shakllari, xalq hokimiyatchiligi, huquqiy normalar, huquq sohalari, 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, uning tuzilishi, maqsad va vazifalari 
haqida bilimlarga ega bo‘lgansiz. Bu darslikda berilgan bilimlar esa huquqiy 
bilimlaringizni oshirishga hamda mamlakatimizda amalda bo‘lgan huquq soha- 
lari bilan tanishishingizga yordam beradi. Darslikdagi amaliy topshiriqlar orqali 
olgan bilimlaringizni mustahkamlaysiz. 

Download 3.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling