V. А. Kostetskiy


Download 3.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/101
Sana02.12.2023
Hajmi3.21 Mb.
#1780354
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   101
Bog'liq
10 sinf huquq tahrirlangan @Huquq kitoblar

Xalqaro huquq davlatlar, xalqlar va xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi turli 
xil munosabatlarni tartibga soladi. 
Xalqaro shartnoma — bir yoki bir necha hujjatlarda tuzilgani va qanday 
nomlanganidan qat’i nazar davlatlar yoki boshqa xalqaro huquq subyektlari 
o‘rtasida yozma ravishda tuzilgan bitim bo‘lib, tomonlarning o‘zaro huquq va 
majburiyatlarini o‘z ichiga oladi. 
did qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish
boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro 


11 
Xalqaro huquq funksiyalari deganda xalqaro huquqning xalqaro-huquqiy 
tartibga solish predmeti bo‘lgan munosabatlarga ta’sirining asosiy yo‘nalishla- 
rini tushunish lozim. 
Quyidagi funksiyalar alohida ajratib ko‘rsatiladi: 
1) barqarorlashtiruvchi — xalqaro huquqiy normalar jahon hamjamiyatini 
uyushtirishi, muayyan xalqaro huquqiy tartibni belgilashi, uni mustahkamlashi 
va yanada barqarorlashtirishi lozim; 
2) tartibga soluvchi — uni amalga oshirish orqali xalqaro huquqiy tartibga 
erishiladi, tegishli ravishda, ijtimoiy munosabatlar tartibga solinadi; 
3) muhofaza etuvchi — xalqaro huquqiy munosabatlarning tegishli ravish- 
da muhofaza etilishi demakdir. Xalqaro majburiyatlar buzilganida xalqaro 
huquqbuzarliklar subyektlari xalqaro huquq tomonidan ruxsat etilgan javobgar- 
lik choralari va sanksiyalarni qo‘llashga haqli; 
4) axborot-tarbiyalovchi — davlatlarning oqilona harakatlari bilan bog‘liq 
to‘plangan tajribasini tarqatish, huquqdan foydalanish imkoniyatlarini targ‘ib 
qilish, huquqni hurmat qilish, uning manfaatlari va qadriyatlarini muhofaza eti- 
sh ruhida tarbiyalashdan iborat. 
XALQARO MUNOSABATLARNING HUQUQIY ASOSLARI. 
XALQARO HUQUQ MANBALARI 
 
Xalqaro huquq subyektlar o‘rtasida kelishuv orqali yaratilgan va 
davlatlararo munosabatlarni tartibga soladigan normalardan iborat. 
Xalqaro huquqda ikkita asosiy manba: xalqaro shartnoma va xalqaro rasm-
rusum ajratiladi. Biroq xalqaro huquqning ushbu ikki asosiy manbasidan 
tashqari xalqaro tashkilotlar, xalqaro konferensiyalar va majlislar hujjatlari 
mavjud. Bunday hujjatlar xalqaro tashkilotlar va boshqa subyektlarning o‘zlari 
uchun majburiy hulq qoidalarini belgilab bersa, xalqaro huquqning qo‘shimcha 
manbalariga aylanadi. 
Xalqaro huquqning tartibga solish predmeti suveren va bir biridan mustaqil 
subyektlarning munosabatlari hisoblanadi. Davlat ichki huquqi alohida davlat 


12 
ichidagi subyektlar o‘rtasidagi, odatda, bitta davlat hududi chegarasida va ichki 
vakolati doirasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Davlatlar, millatlar va 
xalqlar, shuningdek xalqaro tashkilotlar xalqaro huquq subyektlariga kiradi. 

Download 3.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling