V. А. Kostetskiy
Ingliz-Amerika «huquqiy oilasi» yoki «umumiy huquq» tizimi
Download 3.21 Mb. Pdf ko'rish
|
10 sinf huquq tahrirlangan @Huquq kitoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diniy-an’anaviy «huquqiy oila»
Ingliz-Amerika «huquqiy oilasi» yoki «umumiy huquq» tizimi
(AQSh, Kanada, Avstriya, Britaniya hamdo‘stligi mamlakatlari va boshqa- lar) kontinental «huquqiy oila»dan farq qilib, asosiy huquq manbayi sifatida qonunni emas, balki sud pretsedentini, ya’ni sud qarorida mavjud bо‘lgan qoidani e’tirof etadi. Diniy-an’anaviy «huquqiy oila» (Yaponiya, Hindiston, Xitoy va hokazo) asosiy huquq manbayi sifatida diniy qoidalarni e’tirof etadi. Garchi ushbu «huquqiy oilalar» bir holda faqat qonunlarga, boshqa hol- da — pretsedentlarga, ya’ni sud qarorlariga, uchinchi holda diniy-huquqiy me’yorlarga asoslansa-da, hayot ularga nisbatan shunday talablarni qo‘yadiki, ularni e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi. Shuning uchun «huquqiy oilalar» qonun- larini sud pretsedenti qoidalari bilan, diniy-huquqiy me’yorlarni esa qonun va kodekslar bilan ancha moslashuvchan holda biriktiradi. Mazkur hodisalar davlat qonunlarni yaratar ekan, hayot talablari bilan hisoblashishga majburli- gi va shartligini isbotlaydi. Наr qanday jamiyatda va davlatda huquq tizimi obyektiv ravishda yaratila- di, zero, birorta qonun chiqaruvchi buni shaxsiy xohishi va ixtiyori bilan amal- ga oshira olmaydi. Bunday o‘zboshimchalikni hayotning o‘zi rad etadi. Huquq kishilar foydasi uchun xizmat qilishga da’vat etilgani sababli, uning tizimi qonun tomonidan hayotda haqiqatda mavjud bo‘lgan ijtimoiy muno- sabatlarga bog‘liq holda quriladi. Qo‘llanilayotgan huquq normalari ommaviy tartibga, ya’ni mazkur huquqiy tizimning umumiy prinsiplariga zid kelgan ba’zi hollarda xalqaro huquqni qo‘llash cheklanadi. Bu qoida ommaviy tartib haqidagi qo‘shimcha shart deb nomlanadi. 15 Tashqi savdo bitimlaridan (masalan, xorijiy element bilan oldi-sotdi shartnomasidan) kelib chiqadigan majburiyatlarni yanada samarali ijro etish uchun xorijiy jismoniy va yuridik shaxslar — bunday shartnomalar tomonlari- ning huquqiy maqomini aniqlash zarurati vujudga keladi. Ularga nisbatan odat- da quyidagi tartib turlari qo‘llaniladi: — milliy tartib, bunda xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning huquqiy maqomi o‘z fuqarolari va yuridik shaxslari maqomiga tenglashtiriladi; — eng katta qulaylik tug‘dirish tartibi, bunda qonunlar orqali turli xorijiy davlatlar rezidentlarining huquqiy holati uchun o‘xshash huquqiy holat belgilanadi. Download 3.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling