V. А. Kostetskiy


XALQARO OMMAVIY VA SHAXSIY HUQUQ


Download 3.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/101
Sana02.12.2023
Hajmi3.21 Mb.
#1780354
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   101
Bog'liq
10 sinf huquq tahrirlangan @Huquq kitoblar

XALQARO OMMAVIY VA SHAXSIY HUQUQ 
Zamonaviy xalqaro huquq ommaviy va shaxsiy qismlarga bo‘linadi. 
Xalqaro ommaviy huquq davlatlar va ommaviy hukumatni taqdim etadigan 
siyosiy tashkilotlar, shuningdek xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlarni 
tartibga soladi. 
Shaxsiy huquq xorijiy, jismoniy va yuridik shaxslar qatnashgan fuqaro- 
lik-huquqiy munosabatlarni tartibga soladi. Masalan, turli davlatlarga tegishli 
firmalar o‘rtasidagi munosabatlar, turli mamlakatlar fuqarolarining nikoh tuzi- 
shi va hokazolar. 
Xalqaro huquqiy me’yorlar bilan tartibga solinadigan huquqiy muno- 
sabatlarda qatnashish uchun yuridik maqomga ega shaxslar xalqaro huquqning 
subyektlari hisoblanadi. 
BMT Bosh Assambleyasi Rezolyutsiyasining 1-moddasida aytilishicha
bir davlat tomonidan boshqa davlatning suvereniteti, hududiy daxlsizligi yoki 
siyosiy mustaqilligiga qarshi harbiy kuch qo‘llashi yoki Birlashgan Millatlar 
Tashkilotining Ustaviga zid keladigan boshqa tazyiq o‘tkazishi agressiya deb 
nomlanadi. 
JAHONNING HUQUQIY XARITASI 
 
Hozirgi dunyoda rang-barang huquq tizimlarini uchratish mumkin. Zero, 
har bir davlat o‘zining milliy huquq tizimini barpo etadi. Ularning har biri o‘z 
xususiyatlari bilan ajralib turadi, lekin shu bilan birga ular ko‘pgina umumiy 
jihatlarga ham egadir. 


14 
«Davlat va huquq asoslari» fanida turli huquq tizimlarini ularning 
o‘xshashligiga qarab yagona «huquqiy oila»ga birlashtirish qabul qilingan. 
Roman-german yoki kontinental «huquqiy oila» (Germaniya, Fran- 
siya, Ispaniya, Italiya va boshqalar) sudlarning qonun yaratish huquqini tan 
olmaydi. U sudlarning qonun chiqaruvchiga aylanishiga qarshi. Shuning 
uchun asosiy huquq manbayi sifatida u faqat qonunni, konstitutsiyaga va 
qonunga asosan qabul qilingan boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarnigina 
e’tirof etadi. 

Download 3.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling