V. А. Kostetskiy
Download 3.21 Mb. Pdf ko'rish
|
10 sinf huquq tahrirlangan @Huquq kitoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- TOVARNI QABUL QILISHDAGI MAJBURIYATLAR
79
13- §. ISHLAB CHIQARUVCHI TOMONIDAN TOVAR SIFATIGA BERILADIGAN KAFOLAT TOVARNING YAROQLILIK KAFOLATI VA MUDDATI O‘zbekiston Respublikasi «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq uzoq muddat foydalaniladigan barcha turdagi tovarlar va xizmatlarga ishlab chiqaruvchi (ijrochi) kafolat muddati belgilashi lo- zim. Kafolat muddati tovar iste’molchiga sotilgan yoki xizmat ko‘rsatilgan kun- dan boshlab hisoblanadi. Agar tovar sotilgan kunni aniqlashning imkoni bo‘lma- sa, bu muddat tovar ishlab chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchi (ijrochi) kafolat muddati mobaynida tovar (xizmat)ning, shu jumladan, butlovchi buyumlarning normal ishlashini (qo‘llanilishini, ular- dan foydalanilishini) ta’minlashi shart. Butlovchi buyumlarning kafolat mud- dati, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, asosiy buyumning kafolat muddatidan kam bo‘lmasligi lozim. Kafolat muddati tovar (xizmat)ning pasportida yoki tovarni sotish yoxud xizmat ko‘rsatish paytida tovar bilan birgalikda iste’molchiga beriladigan boshqa hujjatda ko‘rsatiladi. 80 Dori vositalari va tibbiy buyumlarda, oziq-ovqat va maishiy kimyo tovarla- rida ularning ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddati hamda ularni saqlash shartlari ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Sotuvchilarga ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan yoki yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlarni qa- bul qilish hamda realizatsiya qilish man etiladi. TOVARNI QABUL QILISHDAGI MAJBURIYATLAR Sotuvchi sotib oluvchiga oldi-sotdi shartnomasining butlik to‘g‘risidagi shartlariga muvofiq bo‘lgan tovarni topshirishi shart. Oldi-sotdi shartnomasida tovarning butligi belgilanmagan hollarda sotuvchi sotib oluvchiga butligi ish muomalasi odatlari yoki odatda qo‘yiladigan boshqa talablar bilan belgilanadi- gan tovarni berishi shart. But bo‘lmagan tovar topshirilgan taqdirda, sotib oluv- chi o‘z ixtiyoriga ko‘ra sotuvchidan xarid narxini mutanosib ravishda kamayti- rishni, tovarni oqilona muddatda butlashni talab qilish huquqiga ega. Agar sotuvchi oqilona muddatda sotib oluvchining tovarni butlash to‘g‘ri- sidagi talabini bajarmasa, sotib oluvchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra butlanmagan tovar- ni but tovarga almashtirishni talab qilishga, oldi-sotdi shartnomasini bajarish- dan bosh tortishga va tovar uchun to‘langan pul summasini qaytarib berishni, shuningdek yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli. Download 3.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling