V. А. Kostetskiy


Download 3.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/101
Sana02.12.2023
Hajmi3.21 Mb.
#1780354
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   101
Bog'liq
10 sinf huquq tahrirlangan @Huquq kitoblar

Bilimingizni sinang! 
1. Intellektual mulk obyektlarining qanday turlari mavjud? 
2. Mualliflik huquqi kimning manfaatlarini himoyalaydi? Mual- 
liflik huquqlarini himoya qiladigan qonunlarni sanab o‘ting. 
3. Asarning muallifi yoki hammuallifi kim? 
4. O‘zbekistonda mualliflik huquqi qanday muddat davomida 
amal qiladi? 
5. Mualliflik shartnomasi nima? U qanday, kim bilan va qanday 
muddatga tuziladi? 
6. Mualliflik shartnomasiga qanday shartlar kiritilishi shart? 


91 
15- 
§. FUQAROLIK ISHINING SUDDA KO‘RIB CHIQILISHI
 
BOSQICHLARI
 
Mazkur darsni o‘rganib chiqish natijasida siz: 
— istalgan ish bo‘yicha fuqarolik sudlov jarayonining bosqichlari ket- ma-
ketligini bilib olishingiz; 
— fuqarolik sudlov jarayoni ishtirokchilarining huquqlari va burchlari bi- 
lan tanishishingiz
— omma oldida so‘zlash bilim va ko‘nikmalaringizni takomillashtiri- 
shingiz; 
— olingan bilimlarni amalda qo‘llashga intilib ko‘rishingiz mumkin. 
Ishning sudda ko‘rilishi fuqarolik sudlov jarayoni asosiy bosqichi 
hisoblanadi, u aksariyat hollarda vujudga kelgan nizoni hal qilish bilan tugalla- 
nadi. Birinchi instansiyadagi sudlarda fuqarolik ishlarini sudyaning yakka o‘zi 
ko‘rib chiqadi. 
Ushbu darsda siz fuqarolik ishining sudda ko‘rilishini eslatadigan jarayon- 
da ishtirok etasiz. 
Ish faktlaridan kelib chiqib, sizga taklif etilganiga qarab sudya, da’vogar, 
javobgar roliga kirishib ketishga harakat qiling hamda fuqarolik huquqi asoslari 
bo‘yicha olingan bilimlardan foydalangan holda, qonunga muvofiq va mavjud 
vaziyatni hisobga olib, huquq buzilishini oqilona hal etishga urinib ko‘ring. 
Xaridor talabi bilan tovar boshqasiga almashtirib berili- 
shi shart bo‘lgan hollarni ko‘rsating. 
1-vaziyat. 
S. bog‘i bo‘lgan dala hovli sotib oldi. Biroq yetishtirilgan me- 
valardan tortib, hatto uy ichidagi buyumlar va mebelgacha munta- 
zam o‘g‘irlanishi quvonishga yo‘l bermasdi. 
Mavsum tugagach, S. uy oldiga katta yovvoyi hayvonga 
mo‘ljallangan qo‘lbola qopqon qo‘ydi, yerto‘lada esa olmalar so- 
lingan qutiga tekkan odam boshiga og‘ir xoda tushadigan maxsus 
qurilma o‘rnatdi. 
Yanvar oyida S.ni ichki ishlar idorasiga chaqirishdi hamda 
voyaga yetmagan S. va D.ga yetkazilgan jarohatlarni tushuntirish- 
ni talab qilishdi. O‘smirlarning ota-onasi S.ni sudga berib, bola- 
larni davolashga sarflangan xarajatlarni qoplashni talab qilishdi. 


92 
S. qo‘shnilari uning hovlida tuzoq qo‘yish niyati bo‘lganligini tas- 
diqlashdi. S. aybini bo‘yniga oldi, lekin da’voni qondirishdan bosh 
tortdi. 

Download 3.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling