85
Mualliflik huquqi — fan, adabiyot va san’at asarlarini ya-
ratish va ulardan foydalanishda vujudga
keladigan munosabat-
larni tartibga soladigan fuqarolik huquqi me’yorlari majmuasi.
14-
§. INTELLEKTUAL MULK HUQUQI
INTELLEKTUAL MULK OBYEKTLARI
Har kuni yuz minglab odam o‘z fikrlarini badiiy yoki musiqiy asar sifa-
tida
ifodalash, tadqiqotlari formulalari yoki jadvallarini yozish,
ixtirosi namu-
naviy nusxasining chizmalarini tayyorlash va boshqa maqsadlarda qo‘liga toza
qog‘oz oladi. Bunday mehnat — ma’naviy mehnat, u bilan yaratilgan asarlar
esa intellektual mulk deyiladi.
Dastlab intellektual mulk tushunchasi 1967-yilda
Jahon intellektual mulk
tashkilotini ta’sis etgan Konvensiyaga binoan joriy qilindi. O‘zbekiston ham
mazkur tashkilot a’zosi hisoblanadi.
Xalqaro konvensiyalar va O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq
aqliy va ijodiy faoliyat natijalariga nisbatan alohida shaxsiy va mulkiy huquqlar
majmuasi
intellektual mulk deb nomlanadi.
MUALLIFLIK HUQUQI
Mualliflik huquqi fuqarolik huquqining bir qismi bo‘lib, aqliy mehnat bi-
lan shug‘ullanadigan fuqarolar huquqlarini himoya qilishga yo‘naltirilgan.
Mualliflik huquqi maqsadi, badiiy qadr-qimmati va ifodalanish usuli (nasr,
nazm, audioyozuv va hokazo)dan qat’i nazar, chop etilgan hamda qo‘lyozma
shaklidagi barcha asarlarga taalluqli bo‘ladi.
Uni yaratishda ijodiy mehnati singgan shaxs asar muallifi hisoblanadi.
Asar hamkorlikdagi ijodiy mehnat mahsuli bo‘lsa,
u barcha hammualliflarga
ham tegishli bo‘ladi.
MUALLIFLIK HUQUQI VAZIFALARI:
— mualliflarning mulkiy, shaxsiy nomulkiy va qonuniy manfaatlarini
muhofaza qilish;
— huquqiy vositalar yordamida ilmiy va badiiy asarlarni yaratish uchun
eng maqbul sharoitlar yaratish.