V. А. Kostetskiy
MUALLIFLIK HUQUQI MANBALARI
Download 3.21 Mb. Pdf ko'rish
|
10 sinf huquq tahrirlangan @Huquq kitoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, 1046-modda. 1-topshiriq.
86
MUALLIFLIK HUQUQI MANBALARI O‘zbekiston Respublikasida ilmiy yoki badiiy ijod sohasidagi munosabat- lar Konstitutsiya, Fuqarolik kodeksi, «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida» (1996-yil 30-avgust), «Mulkchilik to‘g‘risida» (1990-yil), «Elek- tron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalari- ning huquqiy himoyasi to‘g‘risida»gi (1995-yil) qonunlar, Soliq kodeksi (1997- yil) bilan tartibga solinadi. Asar kimning ijodiy mehnati bilan yaratilgan bo‘lsa, ana shu fuqaro asar muallif i deb e’tirof etiladi. Fan, adabiyot va san’at asariga mualliflik huquqi uni yara- tish fakti bo‘yicha yuzaga keladi. Mualliflik huquqining yuzaga kelishi va amalga oshirilishi uchun asarni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki biron-bir boshqa rasmiyatchilikka rioya etish talab qilin- maydi. Asarning asl nusxasida yoki nusxasida muallif sifatida ko‘rsatilgan shaxs, agar boshqacha hol isbotlanmagan bo‘lsa, asar muallifi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, 1046-modda. 1-topshiriq. Quyida keltirilgan asar intellektual mulk obyekti hisoblanadi- mi? Bu holda mualliflar huquqlari buzilganmi, yo‘qligini aniqlang. Ularning ishini intellektual mehnat natijasi deyish mumkinmi? O‘rta maktabning 10-sinfi o‘quvchilari B. va N. bir yil davo- mida tarix o‘qituvchisi ma’ruzalari va seminar mashg‘ulotlari mav- zularini tirishqoqlik bilan konspekt qilishdi. O‘quv yili oxirida ma- terialni biroz qisqartirib, uni lo‘ndaroq bayon qilib, matnni savollar va topshiriqlar bilan to‘ldirishdi hamda respublika oliy o‘quv yurt- lariga kirayotganlar uchun qo‘llanma sifatida chop etishdi. Biroq kitob nashr qilinganidan keyin bu shaxsiy ijod mah- suli emasligi va mualliflar hali 18 yoshga to‘lmagani sababli uni tarqatishga yo‘l qo‘yilmadi. 87 Quyidagilar mualliflik huquqi obyektlari hisoblanmaydi: — rasmiy hujjatlar (qonunlar, qarorlar va shu kabilar), shuningdek ularning rasmiy tarjimalari; — rasmiy ramzlar va belgilar (bayroqlar, gerblar, ordenlar, pul belgilari va shu kabilar); — xalq ijodiyoti asarlari; — oddiy matbuot axboroti tusidagi kundalik yangiliklarga doir yoki joriy voqealar haqidagi xabarlar; — insonning bevosita individual asar yaratishga qaratilgan ijodiy faoliyati amalga oshirilmasdan, muayyan turdagi ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan texnika vositalari yordamida olingan natijalar. Download 3.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling