V. А. Kostetskiy


  MUALLIFLIK HUQUQI MANBALARI


Download 3.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/101
Sana02.12.2023
Hajmi3.21 Mb.
#1780354
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   101
Bog'liq
10 sinf huquq tahrirlangan @Huquq kitoblar

86 
MUALLIFLIK HUQUQI MANBALARI 
O‘zbekiston Respublikasida ilmiy yoki badiiy ijod sohasidagi munosabat- 
lar Konstitutsiya, Fuqarolik kodeksi, «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar 
to‘g‘risida» (1996-yil 30-avgust), «Mulkchilik to‘g‘risida» (1990-yil), «Elek- 
tron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalari- 
ning huquqiy himoyasi to‘g‘risida»gi (1995-yil) qonunlar, Soliq kodeksi (1997- 
yil) bilan tartibga solinadi. 
Asar kimning ijodiy mehnati bilan yaratilgan bo‘lsa, ana 
shu fuqaro asar muallif i deb e’tirof etiladi. 
Fan, adabiyot va san’at asariga mualliflik huquqi uni yara- 
tish fakti bo‘yicha yuzaga keladi. Mualliflik huquqining yuzaga 
kelishi va amalga oshirilishi uchun asarni ro‘yxatdan o‘tkazish 
yoki biron-bir boshqa rasmiyatchilikka rioya etish talab qilin- 
maydi. 
Asarning asl nusxasida yoki nusxasida muallif sifatida 
ko‘rsatilgan shaxs, agar boshqacha hol isbotlanmagan bo‘lsa, 
asar muallifi hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, 
1046-modda. 
1-topshiriq. 
Quyida keltirilgan asar intellektual mulk obyekti hisoblanadi- 
mi? Bu holda mualliflar huquqlari buzilganmi, yo‘qligini aniqlang. 
Ularning ishini intellektual mehnat natijasi deyish mumkinmi? 
O‘rta maktabning 10-sinfi o‘quvchilari B. va N. bir yil davo- 
mida tarix o‘qituvchisi ma’ruzalari va seminar mashg‘ulotlari mav- 
zularini tirishqoqlik bilan konspekt qilishdi. O‘quv yili oxirida ma- 
terialni biroz qisqartirib, uni lo‘ndaroq bayon qilib, matnni savollar 
va topshiriqlar bilan to‘ldirishdi hamda respublika oliy o‘quv yurt- 
lariga kirayotganlar uchun qo‘llanma sifatida chop etishdi. 
Biroq kitob nashr qilinganidan keyin bu shaxsiy ijod mah- 
suli emasligi va mualliflar hali 18 yoshga to‘lmagani sababli uni 
tarqatishga yo‘l qo‘yilmadi. 


87 
Quyidagilar mualliflik huquqi obyektlari hisoblanmaydi: 
— rasmiy hujjatlar (qonunlar, qarorlar va shu kabilar), 
shuningdek ularning rasmiy tarjimalari; 
— rasmiy ramzlar va belgilar (bayroqlar, gerblar, ordenlar, 
pul belgilari va shu kabilar); 
xalq ijodiyoti asarlari
— oddiy matbuot axboroti tusidagi kundalik yangiliklarga 
doir yoki joriy voqealar haqidagi xabarlar; 
— insonning bevosita individual asar yaratishga qaratilgan 
ijodiy faoliyati amalga oshirilmasdan, muayyan turdagi 
ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan texnika vositalari 
yordamida olingan natijalar. 

Download 3.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling