89
Mualliflik shartnomasi — tayyor
asar yoki muallif
belgilangan muddatda yaratishni o‘z zimmasiga olgan asardan
foydalanish uchun muallif (hammualliflar) va
nashriyot
o‘rtasida tuzilgan shartnoma.
MUALLIFLIK HUQUQINING AMAL QILISH MUDDATI
Mualliflik huquqining amal qilish muddati muallifning butun hayoti va u
vafotidan so‘ng 70 yil davomida saqlanadi. Mualliflik ism-sharifiga bo‘lgan
huquq va muallif obro‘sini himoya qilish huquqi bundan mustasno, bular mud-
datsiz muhofaza qilinadi. Hammualliflikda yaratilgan asarga bo‘lgan mualliflik
huquqi hammualliflarning butun hayoti davomida va ular orasida eng uzoq umr
ko‘rgan shaxs vafotidan keyin 70 yil davomida amal qiladi.
Mualliflik huquqining amal qilish muddati tugaganidan keyin asar ijtimoiy
mulkka aylanadi. Ijtimoiy mulk hisoblangan asardan
har qanday shaxs mual-
liflik haqini to‘lamagan holda erkin foydalanishi mumkin.
MUALLIFLIK SHARTNOMASI
Muallif
asarini tugatgach, uni keng ommaga tanishtirishga qaror qiladi va
uni nashr qilish majburiyatini o‘z zimmasiga oladigan korxona bilan shartnoma
tuzadi.
Mualliflik shartnomasi shartlarida noshirga beriladigan aniq huquqlar,
shartnomaning amal qilish muddati va to‘lanadigan haq (qalam haqi)
miqdori
ko‘rsatiladi. Bu shartlardan tashqari, muallif va nashriyot zarur deb hisoblagan
boshqa shartlarni ham shartnomaga kiritishlari mumkin.
MUALLIFLIK HUQUQLARINING XALQARO MUHOFAZASI
O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk
sohasidagi munosabatlar
xalqaro huquq me’yorlariga asoslangan holda hamda quyidagi hujjatlardan ke-
lib chiqib tartibga solinadi:
— Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi Bern Konven-
siyasi bitimlari (24.07.1971-yil);
— Mualliflik huquqi to‘g‘risida Butunjahon konvensiyasi bitimlari (1952);
— MDH doirasida tuzilgan mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish
haqidagi bitimlar (10.02.1995-yil).
90
Quyidagi elementlar mualliflik huquqlarini himoya qilish belgilari hisobla-
nadi:
1) aylana ichiga olingan lotincha «C» harfi — ©;
2) alohida mualliflik huquqlari egasining ismi (nomi);
3) asar birinchi marta e’lon qilingan yil.
Mualliflik huquqlari bo‘yicha agentlik (O‘zRMHA) qonun hujjatlari ijrosi
ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: