94
— sud ishi jarayonida vujudga kelgan muammolarni hal qiladi, sud zalida
tartib o‘rnatadi.
Da’vogar:
— buzilgan yoki nizoga sabab bo‘lgan huquqlarini
himoya qilish uchun
ko‘rgazmalar beradi.
Javobgar:
— tushuntirishlar beradi, isbot-dalillar keltiradi, iltimosnomalar taqdim
etadi;
— shaxsan yoki advokat yordamida o‘zining himoya qilish huquqini
amalga oshiradi;
— sudga qo‘shimcha guvohlar chaqirilishini iltimos qilishga haqli.
Prokuror:
— sud ishi vaqtida vujudga keladigan masalalar bo‘yicha xulosa chiqaradi.
Ekspert:
— o‘z xulosasini yozma
ravishda taqdim etishi kerak;
— agar sud ekspertizani sifatsiz deb topsa, takror ekspertiza o‘tkazilishini
tayinlashi mumkin.
Guvohlar:
— har biri alohida so‘roq qilinadi, so‘roq qilingan guvohlar ish tugashiga
qadar majlislar zalida qoladi;
95
— sud ishida tekshirilayotgan holatlar bo‘yicha ularga ma’lum bo‘lgan
barcha ma’lumotlarni berishga majbur, bunda buzib ко‘rsatishlarga yo‘l
qo‘yilmaydi;
— agar guvoh 16 yoshga to‘lmagan bo‘lsa, o‘qituvchi, zarurat bo‘lganda
esa ota-onasi ham qatnashishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: