V. А. Kostetskiy
Download 3.21 Mb. Pdf ko'rish
|
10 sinf huquq tahrirlangan @Huquq kitoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- MEHNAT SHARTNOMASI
106
1-topshiriq. O‘zaro rollarni (xodim va ish beruvchi) bo‘lishib oling va voyaga yetmaganni ishga qabul qilish to‘g‘risidagi mehnat shartnomasi matnini tuzing. Bunday yoshda ishning xususiyat- lariga e’tibor bering. Ish beruvchi: — korxonani boshqarish va o‘z vakolatlari doirasida mustaqil qarorlar qa- bul qilish; — qonun hujjatlariga muvofiq yakka tartibdagi mehnat shartnomalarini tu- zish va bekor qilish; — mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ishni lozim darajada bajarishni xodimdan talab qilish; — o‘z manfaatlarini himoyalash uchun boshqa ish beruvchilar bilan bir- ga jamoat birlashmalari tuzish va bunday birlashmalarga a’zo bo‘lish huquqiga egadir. Mehnat shartnomasi tuzilganidan keyin buyruq chiqariladi, u xodimga imzo chektirib, ma’lum qilinadi. Ishga qabul qilish shartnomada ko‘rsatilgan kundan e’tiboran hisoblanadi. MEHNAT SHARTNOMASI: — nomuayyan muddatga; — uch yildan ko‘p bo‘lmagan muayyan muddatga (muddatli mehnat shartnomasi) tuzilishi mumkin; Agar mehnat shartnomasida uning amal qilish muddati shartlashilmagan bo‘lsa, shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonun hujjatlariga muvofiq insonning mehnatga layoqati (ya’ni mehnatga bo‘lgan o‘z huquqini amalga oshirish qobi- liyati) 16 yoshda boshlanadi. Yoshlarni mehnatga tayyorlash uchun umumta’lim maktablari, o‘rta max- sus, kasb-hunar o‘quv yurtlarining o‘quvchilarini ularning sog‘lig‘iga hamda ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, ta’lim olish ja- rayonini buzmaydigan yengil ishni o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi uchun — ular o‘n besh yoshga to‘lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-ona- sining o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling