V. А. Kostetskiy
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi,420-modda
Download 3.21 Mb. Pdf ko'rish
|
10 sinf huquq tahrirlangan @Huquq kitoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- ISH VAQTIDAN TASHQARI ISHLAR HAMDA DAM OLISH VA BAYRAM KUNLARIDAGI ISHLAR UCHUN HAQ TO‘LASH- NING XUSUSIYATLARI
- MEHNAT INTIZOMI
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi,420-modda
118 Ish haqi quyidagi hollarda ikki hissa miqdorida to‘lanadi: — ish vaqtidan tashqari; — dam olish kunlari; — bayram kunlari; — yoki boshqa dam olish kunini (otgul) berish bilan qoplanishi mumkin. ISH VAQTIDAN TASHQARI ISHLAR HAMDA DAM OLISH VA BAYRAM KUNLARIDAGI ISHLAR UCHUN HAQ TO‘LASH- NING XUSUSIYATLARI Mehnat qonunlariga binoan bayram kunlarida ishlash qat’iyan taqiqlanadi. Biroq ish vaqtidan tashqari, dam olish va bayram kunlari xodimlarni ishga jalb etish zarur bo‘lgan vaziyatlar tug‘iladi: tabiiy ofat yoki ishlab chiqarish faloka- tining oldini olish yoki tugatish; baxtsiz hollar yoki mol-mulk yo‘qolishining oldini olish zaruriyati; korxonaning kelajak ishi uchun zarur bo‘lgan tezkor ish- ni bajarish, masalan, elektr uzatish liniyasining uzilishi, elektrotransformatorni almashtirish zarurati, neft quvuri yoki gaz quvurining teshilishi, yo‘ldagi o‘piri- lish va hokazo. MEHNAT INTIZOMI Korxonada mehnat intizomini ta’minlashning zaruriy sharti mehnat jamoa- si tasdiqlagan Ichki tartib qoidalari belgilaydigan aniq mehnat tartibini o‘rnatish hisoblanadi. Shunga binoan har bir xodim ishga tushishdan oldin o‘z huquq va majburiyatlari bilan tanishtirilishi kerak. Asosan mehnat intizomi mehnatga ongli munosabatda bo‘lish bilan asosla- nadi, biroq mehnat qonun hujjatlari nopok xodimlarga nisbatan intizomiy ta’sir choralari belgilanishining zarurligini ham hisobga oladi. Intizomni buzganlik uchun ish beruvchi intizomiy jazo choralarini qo‘llashga haqli. Uni qo‘llashdan avval xodimdan yozma ravishda tushuntirish xati talab qilinishi lozim. Intizomiy jazo bevosita nojo‘ya xatti-harakat aniqlan- ganidan keyin, ammo bu harakat aniqlangan kundan boshlab uzog‘i bilan 1 oy ichida qo‘llanadi. Moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish etish yoki tekshirish natija- lariga binoan — sodir etilgan kundan boshlab ikki yildan kechikmasligi lozim. 119 — Jazoning amal qilish muddati — 1 yil (bir yil o‘tganidan keyin o‘z-o‘zidan olib tashlanadi); — jazoni muddatidan oldin olib tashlash ham mumkin; — jazo mehnat daftarchasiga hamda xodimning shaxsiy kartochkasiga kiritilmaydi; — har bir nojo‘ya xatti-harakat uchun nojo‘ya xat- ti- harakat aniqlanganidan keyin uzog‘i bilan bir oy ichida faqat bitta intizomiy jazo qo‘llanishi mumkin; — intizomiy jazo qo‘llangani to‘g‘risidagi buyruq xo- dimga ma’lum qilinib, tilxat olinadi. Intizomiy jazo mehnat daftarchasiga kiritilmaydi, korxona- da ishdan bo‘shaganidan keyin xodimning yangi ish joyiga be- rilmaydigan shaxsiy ishida qayd etiladi. Ish beruvchi yil davo- mida o‘z tashabbusi bilan, xodimning yoki mehnat jamoasining iltimosiga binoan intizomiy jazoni olib tashlashga haqli. Intizomiy jazo berilgani to‘g‘risidagi buyruq xodimga ma’lum qilinib, tilxat olinadi. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 312-moddasi Mehnat inti- zomini buzgandagi jazo turlari: — xayfsan; — jarima — o‘rtacha oylik ish haqining 30% idan ortiq bo‘lmagan miqdorda (ichki tartib qoidalariga muvofiq bundan ham katta jarima nazarda tutilishi mumkin, lekin u o‘rtacha oylik ish haqining 50% idan oshmasligi shart); — mehnat shartnomasini bekor qilish. Download 3.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling