120
O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan xodimlar faqat qasddan yetka-
zilgan zarar uchun, alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki tok-
sik modda ta’siridan mastlik holatida yoki jinoyat sodir etish nati-
jasida yetkazilgan zarar uchun to‘liq moddiy javobgar bo‘ladilar.
MEHNAT SHARTNOMASI TARAFLARINING
MODDIY JAVOBGARLIGI
Xodim quyidagi hollarda ish beruvchiga unga bevosita yetkazgan zararlar-
ni to‘liq miqdorda qoplashga majbur:
— maxsus yozma shartnoma asosida unga ishonib
topshirilgan qimmat-
baho buyumlar saqlanishini ta’minlamaganligi uchun;
— bir gallik hujjat asosida olingan qimmatbaho buyumlarning saqlanishi-
ni ta’minlamaganligi uchun;
— qasddan zarar
yetkazilganda;
— alkogolli ichimliklar yoki toksik modda ta’siridan mastlik holatida za-
rar
yetkazganda;
— xodimning sud hukmi bilan aniqlangan jinoiy harakatlari natijasida za-
rar yetkazilganda;
— tijorat sirlari oshkor etilganda.
MEHNAT UCHUN RAG‘ВATLANTIRISHLAR
Mehnatga ijodiy munosabatda bo‘lganligi va ishdagi yuqori ko‘rsatkichlari
uchun xodimga quyidagi rag‘batlantirish choralari qo‘llanilishi mumkin:
— tashakkurnoma e’lon qilish;
— mukofot berish;
— qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlash;
— davlat mukofotiga
taqdim etish;
— mehnat shartnomasida nazarda tutilgan boshqa rag‘bat turlari.
Mehnat kodeksida nazarda tutilmagan
intizomiy jazolarni
qo‘llanish taqiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi,
181-modda