V. А. Kostetskiy


O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi


Download 3.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/101
Sana02.12.2023
Hajmi3.21 Mb.
#1780354
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   101
Bog'liq
10 sinf huquq tahrirlangan @Huquq kitoblar

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, 
182-modda
 
21- 
§. ISH VAQTI VA DAM OLISH VAQTI. MEHNAT 
SHARTNOMASINI O‘ZGARTIRISH VA BEKOR QILISH
 
ISH VAQTI 
Hozirgi jamiyatda ishchi va xizmatchilar mehnati mazmuni va murakkabli- 
gi bilan farqlanadi. Hamma ishlayotganlarning ishini qanday bitta mezon bilan 
o‘lchash mumkin? Ish vaqti shunday mezonlardan biri hisoblanadi. Uni tartibga 
solar ekan, davlat muayyan mehnat natijalariga hamda ish vaqti davomiyligiga 
qarab rag‘batlantirish miqdorini belgilaydi va shu bilan Konstitutsiyaga yozil- 
gan dam olish huquqining chinakamligini ta’minlaydi. 
Ish haftasining turlari: 
— besh kunlik — ikki kunlik dam olish kuni bilan
— olti kunlik — bir kunlik dam olish kuni bilan. 
ISH VAQTI 
— 6 kunlik ish haftasida — kuniga 7 soat; 
— 5 kunlik ish haftasida — kuniga 8 soat; 
— 15 dan 16 yoshgacha bo‘lgan shaxslar uchun — haftasiga uzog‘i bilan 
24 soat; 
— 16 dan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslar uchun — haftasiga uzog‘i bilan 
36 soat; 
— ish vaqtidan tashqari ishlar — surunkasiga ikki kun davomida uzog‘i 
bilan 4 soat; 
— surunkasiga ikki smena davomida ishga jalb etish taqiqlanadi; 
— noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda — haftasiga 36 soat 
(477-modda); 
— bayram (ishlamaydigan) kunlari arafasidagi ishning muddati 1 soatga 
qisqartiriladi (187-modda); 
— tungi vaqtdagi ish (22.00 dan 6.00 gacha) 1 soatga qisqartiriladi (188-
modda). 


123 
Dam olish vaqti — xodim mehnat majburiyatlarini 
bajarishdan ozod bo‘lgan va o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalanishi 
mumkin bo‘lgan vaqtdir 
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, 
201-modda 
DAM OLISH VAQTI VA BAYRAM KUNLARI 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq fuqarolarning 
mehnat huquqi dam olish huquqi bilan to‘ldiriladi. Dam olish huquqi deganda 
xodimlar mehnat vazifalarini bajarishdan ozod etilgan va bundan ular o‘z ixti- 
yoriga ko‘ra foydalanishi mumkin bo‘lgan vaqt tushuniladi. Dam olish huquqi- 
ning aniq ko‘rinishiga qonun tomonidan belgilangan ish vaqti davomidagi ta- 
naffuslar (ish boshlanganidan keyin uzog‘i bilan 4 soatdan keyin), kundalik 
dam olish (ish kunlari va smenalari orasida), haftalik dam olish kunlari, bayram 
(ishlamaydigan) kunlari va ta’til kiradi. 

Download 3.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling