V. А. Kostetskiy
tahrirlovchi: Doniyorbek Isoqov Stanford Huquq
Download 3.21 Mb. Pdf ko'rish
|
10 sinf huquq tahrirlangan @Huquq kitoblar
tahrirlovchi: Doniyorbek Isoqov Stanford Huquq
116 Ish haqi — xodimga bajarilgan ish uchun mukofot sifatida muntazam to‘lanadigan, mehnat shartnomasida kelishilgan pul summasidir. 20- §. MEHNATGA НАQ TO‘LASH VA INTIZOM MEHNAT HAQI MIQDORINI BELGILASH Mehnat shartnomasi shartlari va mehnat qonun hujjatlariga binoan har bir xodimning mehnat haqi uning shaxsiy mehnat hissasi va sifatiga bog‘liq. Bun- da jinsi, yoshi, irqi, millati va hokazolarga qarab mehnat haqi miqdorlarini har qanday pasaytirish taqiqlanadi. Ishlayotgan malakasi yoki uning lavozimi har bir kimsaning aniq hissasini to‘liq qayd qila olmaydi. Shu sababli mehnat uchun mukofotlarning aniq indi- vidual miqdorlari ish haqining turli tizimlari yordamida belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasida mehnatga haq to‘lashning ikki asosiy shakli qo‘llanadi — vaqtbay va ishbay. Vaqtbay tizimdan ko‘pincha ish haqi ishlagan vaqtidan kelib chiqib va la- vozim maoshiga binoan yoziladigan xizmatchilar mehnatini baholashda foyda- laniladi. Ishbay tizimda ishchilar mehnatini baholashda har bir tayyorlangan mahsu- lot birligining sifatiga binoan to‘lanadigan haq tushuniladi. Mehnat haqining miqdori ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Bunda muayyan davr uchun ish vaqti me’yorini ishlab ber- gan va mehnat vazifalarini to‘liq bajargan xodimning mehnat haqi mehnat qo- nunlari bilan belgilangan eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas va eng ko‘p miqdori biron bir tarzda cheklanmaydi. Mehnatga haq to‘lash muddatlari mehnat shartnomasini imzolashda keli- shib olinadi, biroq har yarim oyda bir martadan kam bo‘lmasligi shart. Mehnat haqining eng kam miqdoriga qo‘shimcha to‘lovlar va ustamalar hamda mukofotlar va rag‘batlantirish tarzidagi boshqa to‘lovlar qo‘shilmaydi. 117 № Mutaxassislik Haq to‘lash tizimi Dalillar vaqtbay ishbay 1 O‘qituvchi 2 Ofitsiant 3 Quruvchi 4 Qorovul 5 Uchuvchi 6 Tadbirkor 7 Korxona rahbari 8 Oshpaz 9 Ichki ishlar xodimi O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarning mehnatiga ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligida haq to‘lash, xuddi ish vaqti davomiyligi to‘liq bo‘lganda xodimlarning tegishli toifalari uchun to‘lanadigan miqdorda amalga oshiriladi. O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar mehnatiga vaqtbay haq to‘lashda har kungi ishning to‘liq davomiyligida tegishli toifadagi xodimlarning mehnatiga haq to‘lash darajasiga qadar qo‘shimcha haq to‘lanadi. Ishbay ishlarga qo‘yilgan o‘n sakkiz yoshga to‘lgan xodimlar mehnatiga katta yoshdagi xodimlar uchun belgilangan ishbay narxlar bo‘yicha haq to‘lanib, bunda o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarning har kungi ish vaqti davomiyligi o‘n sakkiz yoshga to‘lgan xodimlarning har kungi ish vaqti davomiyligiga nisbatan qisqartirilgan vaqt uchun tarif stavkasi bo‘yicha qo‘shimcha haq to‘lanadi. O‘quv yili davomida o‘qishdan bo‘sh vaqtida ishlayotgan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar mehnatiga ishlagan vaqtidan kelib chiqib yoki ishlab chiqarish natijasiga qarab haq to‘lanadi. Download 3.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling