TASHABBUSI BILAN BEKOR QILINISHI
Mehnat kodeksiga binoan (161-modda) quyidagi sabablar mehnat
shartnomasini bekor qilish uchun asos bo‘ladi:
1) tashkilot (uning alohida bo‘linmasi) o‘z muassislarining (ishtirokchilarining) yoki
ta’sis hujjatlari bilan bunga vakolat berilgan yuridik shaxs organining qarori bilan
tugatilganligi yoxud yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan faoliyatning tugatilganligi;
2) texnologiyaning, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning o‘zgarishi, ishlar
(mahsulot, xizmatlar) hajmining qisqarishi bilan bog‘liq bo‘lgan tashkilot (uning alohida
bo‘linmasi), yakka tartibdagi tadbirkor xodimlari sonining yoki shtatining o‘zgarganligi;
3) xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli egallab turgan lavozimiga yoki
bajarayotgan ishiga muvofiq emasligi;
4) xodimning o‘z mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda buzganligi. Avval
mehnat majburiyatlarini buzganligi uchun xodim intizomiy yoki moddiy javobgarlikka
tortilgan yoxud unga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi
boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan ta’sir choralari qo‘llanilgan kundan e’tiboran
bir yil ichida xodim tomonidan takroran intizomiy nojo‘ya harakat sodir etilganligi mehnat
majburiyatlarini muntazam ravishda buzishdir;
5) xodimning o‘z mehnat majburiyatlarini bir marta qo‘pol ravishda buzganligi.
Mehnat shartnomasining ish beruvchining biron bir boshqa sabablari bilan bekor
qilinishi g‘ayriqonuniy bo‘ladi.
Vaziyatlar bilan tanishib, buzilgan huquqlarni tiklash
yo‘llarini taklif qiling.
1-vaziyat.
9-sinf o‘quvchisi A. sut zavodiga yuk ortuvchi qilib ishga
qabul qilindi. Sutli qutini ortish vaqtida u toyib ketdi va yiqilib
tushdi, natijada shishalarning ко‘pi sindi. Sut zavodi ma’muriya-
ti yetkazilgan zarar qiymatini A.ning ish haqidan ushlab qoldi.
A.ning ota-onasi pullarni qaytarishni hamda unga ishdan bo‘sha-
tilgani to‘g‘risida yozuv bilan mehnat daftarchasini berishni talab
qilishdi. Xodimlar bo‘limida buni bajarishmadi, u voyaga yetma-
gan va unga mehnat daftarchasi tutilmaydi deb tushuntirishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |