125
Quyidagi masalalarni hal eting.
1-vaziyat.
Ishchi A. tushlik tanaffusiga chiqmay ishlagani sababli ishdan
bir soat oldin ketdi. Korxona ma’muriyati unga hayfsan e’lon qildi
va mukofotdan mahrum etdi.
Mazkur holda ishchining huquqlari buzilganmi?
2-vaziyat.
O‘quvchi N. ta’til vaqtida ishga qabul qilingan edi. Avtous-
taxona egasi bilan kelishuvga binoan
ishga qabul qilishni rasman
rasmiylashtirmadi. Faqat bir oy uchun ish haqi summasi to‘g‘ri-
sida kelishib olishdi. Bu haqda N. va uning ota-onasi imzolari
bo‘lgan shartnoma tuzilgan edi.
Uch oy davomida, shu jumladan
bayram va dam olish kunlari N. kattalar darajasida ishladi.
N.ning mehnat huquqi buzilgan edimi?
3-vaziyat.
Ishchi A. maktab-litseyga yordamchi ishchi qilib qabul qilin-
gandi. Tez orada maktab bo‘yicha buyruq chiqarilib, u 3 kun davo-
mida ishga sababsiz kelmagani uchun ishdan bo‘shatildi. A. sudga
murojaat qildi. Sud ishni ko‘rishi davomida shu narsa aniqlandiki,
A. ishga yordamchi ishchi sifatida olingan, haqiqatda esa qorovul
vazifasini
bajargan, unga smenadan keyin ikkita dam olish kuni
berilishi kerak edi.
Mazkur holda mehnat qonunlari A. ga nisbatan buzil-
ganmi?
MEHNAT SHARTNOMASINING BEKOR QILINISHI
Mehnat kodeksiga binoan (160-modda,)
xodim nomuayyan muddatga
tuzilgan mehnat shartnomasini, shuningdek muddati tugagunga qadar muddatli
mehnat shartnomasini o’n to’rt kalendar kun oldin ish beruvchini yozma
ravishda
ogohlantirib, bekor qilishga haqlidir. Ogohlantirish muddati
tugagandan so‘ng xodim ishni to‘xtatishga haqli,
ish beruvchi esa, xodimga
mehnat daftarchasini beri- shi va u bilan hisob-kitob qilishi shart. Agar
shartnomada uni muddatidan oldin