V. А. Kostetskiy


Download 3.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/101
Sana02.12.2023
Hajmi3.21 Mb.
#1780354
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   101
Bog'liq
10 sinf huquq tahrirlangan @Huquq kitoblar

Da’vogar — o‘zining buzilgan yoki talashilayotgan huquqini himoya qilish 
uchun sudga murojaat etayotgan shaxs (yuridik yoki jismoniy). 
Deklaratsiya (lot. declaratio — e’lon, bayonot) — 1) tavsiya kuchiga ega 
bo‘lgan huquqiy hujjat; 2) bojxona deklaratsiyasi — boylik (qim- 
matlik)larni chegara orqali olib o‘tish chog‘ida tuziladigan ular- 
ning ro‘yxati; 3) soliq deklaratsiyasi — shaxsning soliqlarni to‘lash 
uchun o‘z daromadi miqdori to‘g‘risida bayonoti. 
Diskriminatsiya (lot. discrimininatio — farqlash) — davlat, yuridik yoki jis- 
moniy shaxslarning huquqlarini kamsitish, tahqirlash. 
Emansipatsiya — fuqarolik huquqida — voyaga yetmaganni to‘liq muomala- 
ga layoqatli deb e’lon qilish. 
Firibgarlik — o‘g‘irlashning zo‘rlikka asoslanmagan shakllaridan biri, tovla- 
machilik. 
Guvoh — mazkur ishga doir aniqlanishi kerak bo‘lgan qandaydir holatlar unga 
ma’lum bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxs. 
Haqorat qilish — kishining sha’ni va qadr-qimmatini qasddan, beodob shakl- 
da kamsitishda ifodalanadigan jinoyat. 
Hukm — sud tomonidan sudlanuvchining aybi borligi yoki yo‘qligi, unga nis- 
batan jazo qo‘llash yoki qo‘llamaslik masalasi bo‘yicha chiqarilgan 
qaror. 
Huquq — davlat tomonidan butun jamiyat miqyosida muhofaza qilinadigan 
umummajburiy me’yorlar tizimi. 
Huquq me’yori — davlat belgilaydigan va uning bajarilishini maxsus hoki- 
miyat idoralari (sud, ichki ishlar idoralari) yordamida ta’minlaydi- 
gan harakatlarning umummajburiy qoidasi. 


137 
Huquqbuzarlik — biror-bir huquq me’yorlarini buzadigan har qanday 
harakatlar. 
Huquqiy layoqat — shaxsning mazkur mamlakat huquqi yo‘l qo‘yadigan 
fuqarolik huquqlari va burchlarining ifodachisi bo‘lish layoqati. 
Immunitet (lot. immunitas — biror narsadan ozod qilish) — davlatda ularning 
daxlsizligida ifodalanadigan alohida mavqeni egallagan shaxslar- 
ga taqdim etilgan ba’zi umumiy qonunlarga bo‘ysunmaslik mutlaq 
huquqi (deputatlik, diplomatik immuniteti). 

Download 3.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling