V. А. Kostetskiy


Download 3.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/101
Sana02.12.2023
Hajmi3.21 Mb.
#1780354
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   101
Bog'liq
10 sinf huquq tahrirlangan @Huquq kitoblar

129 
22- 
§. MEHNAT NIZOLARI VA ULARNI HAL ETISH TARTIBI
 
YAKKA MEHNAT NIZOLARINING TARAFLARI VA MAZMUNI 
Mehnat nizolari — xodimlar bilan ish beruvchilar o‘rtasida mehnat qonun 
hujjatlarining qo‘llanilishi yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklardir. 
Mehnat nizolarini yakka va jamoa nizolariga ajratsa bo‘ladi. Yakka ni- 
zolarda muayyan xodim huquqlari, uning qonuniy manfaatlari talashiladi va 
himoya qilinadi. Jamoa nizolarida esa butun mehnat jamoasi yoki uning bir qis- 
mi huquqlari, manfaatlari, vakolatlari himoya qilinadi. 
Buzilgan mehnat huquqini tiklash yoki himoya qilish maqsadida mehnat 
nizosi bo‘yicha ish qo‘zg‘atgan shaxs da’vogar hisoblanadi. Javobgar — da’vo 
bo‘yicha javobgarlikka tortiladigan shaxs. 
MEHNAT NIZOLARINI KO‘RIB CHIQUVCHI KOMISSIYALAR 
Barcha yakka nizolar avval mehnat nizolari komissiyalari (MNK) bilan 
kasaba uyushmasi qo‘mitasining qo‘shma yig‘ilishida ко‘rib chiqiladi. Agar 
MNK qarori kelishmovchiliklarni bartaraf etmasa, unda qaror ustidan sudga 
shikoyat qilinadi. Da’vogar da’vo arzini yozma shaklda tuman (shahar) sudiga 
beradi. 10 kunlik muddatda sud qarori ustidan yuqori turuvchi sudga shikoyat 
qilish mumkin. Qonun sud qarorining darhol bajarilishini nazarda tutadi. Sud 
qarori ma’muriyat tomonidan 3 kunlik muddatda bajariladi. 
MEHNAT NIZOLARINI KO‘RIB CHIQISH TARTIBI 
Ish beruvchi bilan korxona mehnat jamoasi o‘rtasida kelishmovchiliklar 
kelib chiqqan taqdirda, taraflar o‘z vakillaridan komissiyani shakllantiradi, bun- 
da kelishuvga erishilmaganda ishni sudga oshiradilar. 
Yakka mehnat nizolarini kо‘rib chiqish tartibi Mehnat kodeksi bilan tartib- 
ga solinadi, mehnat nizolari bo‘yicha ishlarni kо‘rib chiqish tartibi — tuman 
(shahar) sudlarida amalga oshiriladi va Fuqarolik protsessual kodeksi bilan bel- 
gilanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida xodimlarning mehnat huquqlarini 
buzganlik uchun ish beruvchi va korxonaning mansabdor shaxslarida javobgarlik 
bo‘lishi nazarda tutilgan. Ish beruvchiga xodimga zarar yetkazilgani uchun faqat 
moddiy javobgarlik yuklatilishi mumkin. Korxonaning mansabdor shaxslari inti- 
zomiy, moddiy, ma’muriy, alohida hollarda jinoiy javobgarlikka tortiladi. 


130 
10-sinf o‘quvchilari N. va S. yozgi ta’til vaqtida qurilish uchastkasiga 
yordamchi ishchi sifatida ishga qabul qilingan edi. Biroq tez orada ular mehnat 
samaradorligining pastligi va mehnat intizomini buzganliklari uchun ishdan 
bo‘shatildi. Ularga qiladigan ishlari zudlik bilan bajarilishi lozimligi, ya’ni kel- 
tirilgan qorishma va beton qurilish maydonchasiga tez tashib olinishi zarurligi 
aytilganiga qaramay, har kuni, jumladan shanba va yakshanba kunlari ham ish- 
dan ikki soat oldin ketib qolishlari ta’kidlab o‘tildi. 
Ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasida ular to‘liq ish kuni ishlashga rozi 
ekanligi yozib qo‘yilgandi. Shartnoma N. bilan S. va ularning ota-onalari imzo- 
lari bilan tasdiqlangandi. 
N. va S. ota-onalari ularni ishga tiklashni talab qilib, qurilish rahbariyati 
ustidan mehnat nizolari komissiyasiga shikoyat arizasi berishdi. 
Shunday qilib, ish materiallarini o‘rganib, mehnat qonunlari asoslarini qan- 
day bilishingizdan foydalangan holda muammoni hal etishga urinib ko‘ring. 
Kin haq? Ma’muriyatmi? O‘quvchilar ota-onalarimi? Javobingizni isbotlang. 
Mehnat nizolari komissiyasi majlisini o‘tkazayotganda sud ishida bayon 
etilgan dalillarga asoslaning. 

Download 3.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling