V. А. Kostetskiy


Download 3.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/101
Sana02.12.2023
Hajmi3.21 Mb.
#1780354
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   101
Bog'liq
10 sinf huquq tahrirlangan @Huquq kitoblar

Inson huquqlari — kishining davlatga nisbatan huquqiy ahvolini xarakterlay- 
digan tushuncha, uning jamiyat hayotining iqtisodiy, ijtimoiy va ma- 
daniy sohalaridagi imkoniyatlari. 
Intellektual mulk — ijodiy faoliyat natijalariga doir maxsus huquqlarning 
majmuyi. 
Intizom — jamiyatda shakllangan axloq va huquq me’yorlariga muvofiq kishi- 
larning xatti-harakatlari muayyan tartibi. 
Ishsizlar — ish va ish haqiga ega bo‘lmagan, o‘zlariga to‘g‘ri keladigan ish- 
ni izlash maqsadida bandlik xizmatida ro‘yxatga olingan va ishga 
kirishga tayyor bo‘lgan mehnatga layoqatli fuqarolar. 
Jabrlanuvchi — jinoyat yo‘li bilan ma’naviy, jismoniy yoki mulkiy zarar 
yetkazilgan shaxs. 
Jismoniy shaxs — fuqarolik huquqi subyekti sifatida alohida olingan fuqaro. 
Kassatsiya — hali kuchga kirmagan sud qarori yoki hukm ustidan yuqori sud- 
ga shikoyat qilish. 
Kompensatsiya (lot. compensatio — to‘lash) — fuqarolik-huquqiy maj
-
buriyatlar buzilishi natijasida yuzaga kelgan zararlarni (buyum 
yo‘qolishi, tovarlarni o‘z vaqtida yetkazib bermaslik va hokazo) 
to‘lash. 


138 
Konsensus (lot. consensus — rozilik, birdamlik) — ovoz berishni o‘tkazmas- 
dan umumiy rozilik asosida qaror yoki shartnoma matnini qabul qi- 
lish usuli. 
Konvensiya (lot. conventio — kelishuv) — hukumatlar darajasida tuzilgan 
xalqaro shartnoma nomlaridan biri. 
Korrupsiya — siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyat: man- 
sabdor shaxslarning ularga ishonib topshirilgan huquqlardan shax- 
siy manfaati uchun foydalanishi (poraxo‘rlik, xizmat mavqeyini 
suiiste’mol qilish). 
Mol-mulk — biror-bir shaxsning mulki bo‘lgan boyliklar (qimmatliklar). 
Mulkka band solish — mol-mulkni xatlash va uni tasarruf etishni taqiqlab 
qo‘yish. 

Download 3.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling