V. А. Kostetskiy
Download 3.21 Mb. Pdf ko'rish
|
10 sinf huquq tahrirlangan @Huquq kitoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qasd
- Suverenitet
Muomala layoqati — fuqaroning o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlarini
olish va amalga oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burchlarini yaratish va ularni bajarish layoqati. Naturalizatsiya — xorijiy shaxsni uning arizasiga binoan fuqarolikka qabul qi- lish. Nojo‘ya harakat — intizomiy yoki ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladigan huquqqa qarshi harakat. Oferta (lot. offertus — taklif etilgan) — muayyan shaxsga bitim tuzish xususi- da qilingan rasmiy taklif, bunda uni tuzish uchun zarur bo‘lgan bar- cha zamr shartlar ko‘rsatiladi. Qasd — harakatlarning ijtimoiy xavfliligi va huquqqa zidligini anglash. Qochoq — unga nisbatan zo‘rlik sodir etilgani yoki zo‘rlikka uchrash haqiqiy xavfi tug‘ilganligi tufayli o‘zining doimiy turar joyini tark etib, boshqa davlat hududida yashashga majbur bo‘lgan fuqaroligi yo‘q shaxs. 139 Qonun kuchiga ega hujjat — davlat hokimiyati idoralarining qonunga qara- ganda kamroq, lekin qonuniy kuchga ega bo‘lgan huquqiy hujjati. Sudlov ishlarini yurgizish oshkoraligi — sudlov ishlarini yurgizish qoidasi, barcha sudlarda sudlov ishlarini ochiq olib borishni nazarda tutadi. Surishtiruv — jinoyatlarni dastlabki tergab-tekshirish shakllaridan biri (dast- labki tergov bilan bir qatorda). Suverenitet (fr. souverainet — oliy hokimiyat) — davlatning mamlakat ichida ustuvorligi va uning tashqi munosabatlarda mustaqilligi. Tahdid — kishilar ustidan ruhiy zo‘ravonlik qilish turlaridan biri. Talonchilik — mol-mulkni ochiqdan ochiq o‘g‘irlash. Taomil, odat — uzoq muddatli ijtimoiy amaliyot mobaynida shakllangan odat- lar mustahkamlangan xatti-harakat shakli. Davlat paydo bo‘lishi bi- lan taomil huquq manbayiga aylanadi va unga rioya etish davlatning majburlashi bilan ta’minlanadi. Terrorizm (lot. terror — qo‘rquv, dahshat) — biror-bir maqsadga erishish maqsadida huquqqa qarshi harakatlar (qotilliklar, diversiyalar va hokazolar) majmuyi. Download 3.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling