V. А. Kostetskiy
— Davlat va huquq asoslari, 10-sinf 113
Download 3.21 Mb. Pdf ko'rish
|
10 sinf huquq tahrirlangan @Huquq kitoblar
5 — Davlat va huquq asoslari, 10-sinf
113 114 SINOV MUDDATI Ish beruvchining qaroriga ko‘ra xodimning topshirilayotgan ishga la- yoqatliligini tekshirish uchun u sinov to‘g‘risidagi shart bilan ishga rasmiy- lashtirilishi mumkin. Bunda aniq sinov muddati belgilanadi. Qonun hujjatlari tomonidan eng ko‘p muddat — 3 oy belgilangan. Sinovga bardosh bermagan shaxslar ishdan bo‘shatiladi. Agar xodim mehnat shartnomasini sinov muddati sharti bilan tuzishdan voz kechsa, unda ish beruvchi uni ishga qabul qilishni rad etishga haqli. Sinov muddati nafaqat xodimning topshirilayotgan ishga layoqatliligini tekshirib ko‘rish, balki unga mazkur ish to‘g‘ri kelishiga ishonch hosil qilish uchun ham tayinlanadi. Agar bu ish unga to‘g‘ri kelmasligini bilsa, u shaxsiy tashabbusiga ko‘ra, ish beruvchini uch kun oldin yozma ravishda ogohlantirib, ishni to‘xtatishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 129-moddasi binoan, ish beruvchi quyidagi toifaga mansub shaxslarga nisbatan sinov muddati belgilashga haqli emas: homilador ayol, uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayol yoki uch yoshga to‘lmagan bolani yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ota (vasiy); zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish uchun yuborilgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan bo‘lgan shaxslar; davlat grantlari asosida o‘qigan va oliy ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran uch oy ichida yo‘llanma bo‘yicha olingan mutaxassisligiga doir ishga kirayotgan oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari; tegishli ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran bir yil ichida birinchi bor ishga kirayotganda olingan mutaxassisligi bo‘yicha mustaqil ravishda ishga joylashayotgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari; o‘zi bilan olti oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilayotgan xodimlar; o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar; 115 ishga qaytadan qabul qilingan taqdirda ish beruvchi ilgari qaysi xodimlar bilan mehnat shartnomasini alohida asoslar bo‘yicha bekor qilgan bo‘lsa, o‘sha shaxslar; ishlab chiqarishda o‘qitish shartnomasi bo‘yicha ushbu ish beruvchida o‘qishni o‘tagan o‘quvchilar; jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida va ish beruvchining ichki hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xodimlar.Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri va xodim uzrli sabablarga ko‘ra ishda bo‘lmagan boshqa davrlar dastlabki sinov muddatiga kiritilmaydi. Agar dastlabki sinov muddati tugagunga qadar taraflardan birortasi ham mehnat shartnomasini bekor qilishni talab qilmagan bo‘lsa, shartnomaning amal qilishi davom etadi va bundan keyin uni bekor qilishga umumiy asoslarda yo‘l qo‘yiladi. Download 3.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling