110
Kontrakt imzolamaslik sharti bilan taklif etilgan hatto eng jozibali ishni
ham, rad qilganingiz ma’qul. Ko‘pchilik hollarda bunday «jozibali ish»
biroz
vaqtdan keyin turli bahonalar bilan sizni ishdan bo‘shatish bilan tugaydi, ta-
biiyki, ishlangan kunlaringiz uchun haq olmaysiz.
Bilimingizni sinang!
1. Mehnat huquqining asosiy manbalarini sanab bering.
2. Mehnat huquqining o‘ziga xos
xususiyatlari nimalardan
iborat?
3. Mehnat munosabatlari qanday tamoyillar asosida quriladi?
Mehnat munosabatlari tomonlarini sanab bering.
4. Mehnat munosabatlari sohasida xodimlar manfaatlarini
qaysi tashkilotlar himoya qiladi?
5. «Majburiy mehnat» deganda
nimani tushunasiz va qaysi
hollarda bunday mehnat taqiqlanmagan?
6. «Mehnat shartnomasi» tushunchasiga ta’rif bering. U qan-
day shaklda tuzilishi mumkin?
7. Mehnat shartnomasi og‘zaki shaklda tuzilishi mumkinmi?
8. «Mehnat shartnomasi» va «kontrakt» tuhsunchalari orasi-
da farq bormi?
9. Mehnat shartnomasini nima uchun tuzish zarur?
10. Mehnat shartnomasi matniga qanday shartlarni kiritish lo-
zim?
11. Necha yoshdan boshlab ishga qabul qilinadi?