V. А. Kostetskiy


MEHNATGA OID MUNOSABATLAR SOHASIDA XODIMLAR


Download 3.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/101
Sana02.12.2023
Hajmi3.21 Mb.
#1780354
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   101
Bog'liq
10 sinf huquq tahrirlangan @Huquq kitoblar

 
MEHNATGA OID MUNOSABATLAR SOHASIDA XODIMLAR 
MANFAATLARINING DAVLAT TOMONIDAN HIMOYA QILINISHI 
Bozor munosabatlari rivojlanishi sharoitida mehnat shartnomasini tuzayot- 
gan taraflarning har biri korxona faoliyatini yaxshilashdan manfaatdor, chunki 
bunda har bir xodimning farovonligi ham oshadi. Shu bilan birga mehnat faoli- 
yati jarayonida mehnat huquqining alohida norma(me’yor)larini qo‘llash saba- 
biga ko‘ra kelishmovchilik va nizolar kelib chiqishi mumkin. 
Mehnat kodeksiga muvofiq (21-modda) mehnatga oid munosabatlar- 
da xodimlarning manfaatlarini himoya qilishni korxonadagi kasaba uyush- 
malari, ularning saylab qo‘yiladigan idoralari (kasaba uyushmasi qo‘mitalari) 
mehnat nizolari komissiyalari hamda tuman va shahar sudlari amalga oshi- 
rishi mumkin. Korxonada xodimlar manfaatlarini ifoda etayotgan tashkilot- 
lar faoliyati faqat ularni saylagan xodimlarning qaroriga binoan, shuningdek
amaldagi qonunlarga zid harakatlar amalga oshirilganida — sud tomonidan tu- 
gatilishi mumkin. 
MEHNAT SHARTNOMASI 
Ishchi va ish beruvchining o‘zaro huquq va majburiyatlarini aniqlashda 
kollektiv va yakka tartibdagi mehnat shartnomasi (kontrakt) muhim o‘rin 
tutadi. U mehnat munosabatlarining vujudga kelishi uchun asos bo‘lib xizmat 
qiladi. 
MEHNAT SHARTNOMASI SHARTLARI 
Agar taraflar ularning huquq va burchlarini belgilab beradigan shartlarga 
doir kelishuvga erishgan bo‘lishsa, mehnat shartnomasi tuzilgan hisoblanadi. 


105 
Taraflar tomonidan ishlab chiqiladigan shartlar ko‘p sonlidir, shu muno- 
sabat bilan mehnat qonunlari ikki guruhdagi shartlarni ко‘rib chiqadi: asosiy va 
qo‘shimcha. Qo‘shimcha shartlar to‘liq kelishayotgan taraflarga bog‘liq va qo- 
nun tomonidan cheklanmaydi. 
Quyidagilar ish beruvchilar bo‘lishi mumkin: 
— korxonalar, shu jumladan, ularning alohida tarkibiy bo‘linmalari o‘z 
rahbarlari timsolida; 
— mulkdorning o‘zi ayni bir vaqtda rahbar bo‘lgan xususiy korxonalar; 
— o‘n sakkiz yoshga to‘lgan ayrim shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tu- 
tilgan hollarda. 
— O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan 
tartibda xodimlar yollaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar. 
Har bir xodim: 
— o‘z mehnati uchun qonun hujjatlarida Mehnatga haq to‘lash yagona ta- 
rif setkasining birinchi razryadi bo‘yicha belgilanganidan oz bo‘lmagan 
miqdorda haq olish; 
— muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini o‘rnatish, bir qator kasb- 
lar va ishlar uchun ish kunini qisqartirish, har haftalik dam olish kun- 
lari, bayram kunlari, shuningdek haq to‘lanadigan yillik ta’tillar berish 
orqali ta’minlanadigan dam olish; 
— kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish
— ish bilan bog‘liq holda sog‘lig‘iga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar- 
ning o‘rnini qoplash; 
— kasaba uyushmalariga hamda xodimlar va mehnat jamoalarining man- 
faatlarini ifoda etuvchi boshqa tashkilotlarga birlashish; 
— qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, boquvchisidan mahrum 
bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’mi- 
not olish; 
— o‘zining mehnat huquqlarini himoya qilish, shu jumladan sud orqali 
himoya qilish va malakali yuridik yordam olish; 
— jamoalarga doir mehnat nizolarida o‘z manfaatlarini quvvatlash 
huquqiga egadir. 



Download 3.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling