V. А. Kostetskiy


Download 3.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/101
Sana02.12.2023
Hajmi3.21 Mb.
#1780354
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   101
Bog'liq
10 sinf huquq tahrirlangan @Huquq kitoblar

Bilimingizni sinang! 
1. Fuqarolik ishi bo‘yicha sud jarayonining qatnashchilarini, 
ularning huquq va majburiyatlarini ayting. 
2. Sud ishini o‘tkazishning ketma-ketligi haqida hikoya qi- 
ling. 
3. Da’vo jarayonida sud ishining qanday bosqichida taraflar 
sud ishini to‘xtatish huquqiga egalar? 


V-BO‘LIM. MEHNAT HUQUQI ASOSLARI
 
 
 
 
 
16- 
§. MEHNATGA OID MUNOSABATLAR
 
MEHNAT MUNOSABATLARINING 
ASOSLARI 
Mehnat huquqi huquqning eng muhim tarmoqlaridan biridir. U ishchilar 
va ish beruvchilar o‘rtasidagi mehnat munosabatlarini tartibga solishda muhim 
o‘rin tutadi. 
Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari Mehnat kodeksi, O‘zbekiston Respub- 
likasi qonunlari va Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Preziden- 
tining farmonlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari va Jo‘qorg‘i Ken- 
ges qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi hukumatining hamda Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi hukumatining qarorlari, davlat hokimiyatining boshqa vakillik va 
ijroiya organlari o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlardan iboratdir. 
— Davlat va huquq asoslari, 10-sinf 
97 


98 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Mehnat kodeksiga ko‘ra 
barcha fuqarolar mehnat huquqlariga ega bo‘lish va ulardan foydalanishda teng 
imkoniyatlarga egadir. Jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, 
mulkiy holati va mansab mavqeyi, dinga bo‘lgan munosabati, e’tiqodi, jamoat 
birlashmalariga mansubligi, shuningdek xodimlarning ishchanlik qobiliyat- 
lariga va ular mehnatining natijalariga aloqador bo‘lmagan boshqa jihatlariga 
qarab mehnatga oid munosabatlar sohasida har qanday cheklashlarga yoki im- 
tiyozlar belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi va bular kamsitish deb hisoblanadi. 
Mehnat sohasida o‘zini kamsitilgan deb hisoblagan shaxs kamsitishni 
bartaraf etish hamda o‘ziga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplash 
to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Mehnat kodeksiga muvo- 
fiq mehnatni huquqiy tartibga solishning quyidagi tamoyillari belgilangan: 
— har bir shaxs mehnat qilish; 
— erkin ish tanlash; 
— haqqoniy mehnat shartlari asosida ishlash va qonunda belgilangan tar- 
tibda ishsizlikdan himoyalanish
— o‘z mehnati uchun haq olish; 
— muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini o‘rnatish, bir qator kasb- 
lar va ishlar uchun ish kunini qisqartirish, har haftalik dam olish kun- 
lari, bayram kunlari, shuningdek haq to‘lanadigan yillik ta’tillar berish 
orqali ta’minlanadigan dam olish; 
— xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlarda mehnat qilish; 
— kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish
— ish bilan bog‘liq holda sog‘lig‘iga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar- 
ning o‘rnini qoplash; 
Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin 
tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay 
mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday 
kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq toʻlashning belgilangan eng 
kam miqdoridan kam boʻlmagan tarzda adolatli haq olish, 
shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish 
huquqiga ega. 

Download 3.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling