V. А. Kostetskiy
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
Download 3.21 Mb. Pdf ko'rish
|
10 sinf huquq tahrirlangan @Huquq kitoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnat huquqi
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi,
42-modda . 99 — kasaba uyushmalariga hamda xodimlar va mehnat jamoalarining man- faatlarini ifoda etuvchi boshqa tashkilotlarga birlashish; — qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’mi- not olish; — o‘zining mehnat huquqlarini himoya qilish, shu jumladan sud orqali himoya qilish va malakali yuridik yordam olish; — jamoalarga doir mehnat nizolarida o‘z manfaatlarini quvvatlash huquqiga egadir. Ko‘plab ming yilliklar davomida insoniyat moddiy va ma’naviy bоуliklаr yaratar ekan, o‘z faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish yo‘lini bo- sib o‘tdi. Mehnat tufayli insonda o‘zining niyat va xohishlarini amalga oshi- rish, jamiyatda o‘z о‘rnini topish, shaxs sifatida o‘z mavqeyini aniqlab olish imkoniyati paydo bo‘ldi. Mehnat qilar ekan, insonda o‘z-o‘zini intizomlash, uyushqoqlik, boshqa odamlar bilan hamkorlik qilish qobiliyati kabi foydali si- fatlar hosil bo‘ladi. Mehnat huquqi — mehnat faoliyati jarayonida vujudga keladigan odamlar orasidagi munosabatlarni tartibga soladigan huquq sohasidir. Mehnatga oid munosabatlar — kishilar orasidagi muno- sabatlar bo‘lib, mehnat faoliyati jarayonida yuzaga keladi va belgilangan mehnat tartibiga bo‘ysunishga asoslanadi. 100 MEHNAT TO‘G‘RISIDAGI QONUNLARNING VAZIFALARI Odamlar hayoti va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan hamma narsa mehnat bilan yaratiladi. Bundan jamiyat va alohida har bir insonning hayotida mehnat- ga oid munosabatlar o‘ynaydigan rol yaqqol namoyon bo‘ladi. Mehnat jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solmay, mehnat unumdorligini hamda ishlayotganlarning moddiy va madaniy darajasini oshirib bo‘lmaydi. Shunday qilib, mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining vazifalari: xodimlar mehnat huquqlari va erkinliklarining, shu jumladan mehnat qilishga, erkin ish tanlashga, adolatli va xavfsiz mehnat sharoitlariga hamda ishsizlikdan himoyalanishga bo‘lgan huquqining davlat kafolatlarini belgilash; ish beruvchilarning kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va samarali mehnat jarayonini tashkil etish sohasidagi huquqlari amalga oshirilishini ta’minlash; mehnat sohasida ijtimoiy sheriklikni rag‘batlantirish va rivojlantirish; xodimlar va ish beruvchilarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash; mehnat bozorining samarali faoliyat ko‘rsatishiga ko‘maklashish Download 3.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling