V. А. Kostetskiy


Download 3.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/101
Sana02.12.2023
Hajmi3.21 Mb.
#1780354
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   101
Bog'liq
10 sinf huquq tahrirlangan @Huquq kitoblar

SUD ISHI QATNASHCHILARI 
Kotib: 
— sudga ushbu ish bo‘yicha chaqirilganlardan kimlar kelgani hamda 
boshqalarning kelmaganlik sabablarini aytadi; 
— sud ishi bayonnomasini yuritadi. 
Sudya (raislik qiluvchi): 
— sud tarkibini e’lon qiladi, ishda qatnashayotgan shaxslarga ularning 
qarshilik bildirish huquqini tushuntiradi; 
— ishda qatnashayotgan shaxslarga ularning huquqlari va burchlarini 
tushuntiradi; 
— sudda so‘roq qilinayotganlarning shaxsini belgilaydi hamda ko‘rgaz- 
ma berishdan bosh tortganligi uchun javobgarlikka tortilishi haqida 
ogohlantiradi (yozma tarzda). Voyaga yetmaganlar bunday javobgarlik 
haqida ogohlantirilmaydi; 
— qatnashchilarning (so‘roq qilinishidan avval) da’vogar va javobgarga 
bo‘lgan munosabatini (qarindoshlik munosabatlari va hokazo) aniqlaydi; 


94 
— sud ishi jarayonida vujudga kelgan muammolarni hal qiladi, sud zalida 
tartib o‘rnatadi. 
Da’vogar: 
— buzilgan yoki nizoga sabab bo‘lgan huquqlarini himoya qilish uchun 
ko‘rgazmalar beradi. 
Javobgar: 
— tushuntirishlar beradi, isbot-dalillar keltiradi, iltimosnomalar taqdim 
etadi; 
— shaxsan yoki advokat yordamida o‘zining himoya qilish huquqini 
amalga oshiradi; 
— sudga qo‘shimcha guvohlar chaqirilishini iltimos qilishga haqli. 
Prokuror: 
— sud ishi vaqtida vujudga keladigan masalalar bo‘yicha xulosa chiqaradi. 
Ekspert: 
— o‘z xulosasini yozma ravishda taqdim etishi kerak
— agar sud ekspertizani sifatsiz deb topsa, takror ekspertiza o‘tkazilishini 
tayinlashi mumkin. 
Guvohlar: 
— har biri alohida so‘roq qilinadi, so‘roq qilingan guvohlar ish tugashiga 
qadar majlislar zalida qoladi; 


95 
— sud ishida tekshirilayotgan holatlar bo‘yicha ularga ma’lum bo‘lgan 
barcha ma’lumotlarni berishga majbur, bunda buzib ко‘rsatishlarga yo‘l 
qo‘yilmaydi; 
— agar guvoh 16 yoshga to‘lmagan bo‘lsa, o‘qituvchi, zarurat bo‘lganda 
esa ota-onasi ham qatnashishi kerak. 

Download 3.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling