V. А. Kostetskiy


Download 3.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/101
Sana02.12.2023
Hajmi3.21 Mb.
#1780354
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   101
Bog'liq
10 sinf huquq tahrirlangan @Huquq kitoblar

106 
1-topshiriq. 
O‘zaro rollarni (xodim va ish beruvchi) bo‘lishib oling 
va voyaga yetmaganni ishga qabul qilish to‘g‘risidagi mehnat 
shartnomasi matnini tuzing. Bunday yoshda ishning xususiyat- 
lariga e’tibor bering. 
Ish beruvchi: 
— korxonani boshqarish va o‘z vakolatlari doirasida mustaqil qarorlar qa- 
bul qilish; 
— qonun hujjatlariga muvofiq yakka tartibdagi mehnat shartnomalarini tu- 
zish va bekor qilish
— mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ishni lozim darajada 
bajarishni xodimdan talab qilish
— o‘z manfaatlarini himoyalash uchun boshqa ish beruvchilar bilan bir- 
ga jamoat birlashmalari tuzish va bunday birlashmalarga a’zo bo‘lish 
huquqiga egadir. 
Mehnat shartnomasi tuzilganidan keyin buyruq chiqariladi, u xodimga 
imzo chektirib, ma’lum qilinadi. Ishga qabul qilish shartnomada ko‘rsatilgan 
kundan e’tiboran hisoblanadi. 
MEHNAT SHARTNOMASI: 
nomuayyan muddatga
— uch yildan ko‘p bo‘lmagan muayyan muddatga (muddatli mehnat 
shartnomasi) tuzilishi mumkin; 
Agar mehnat shartnomasida uning amal qilish muddati shartlashilmagan 
bo‘lsa, shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonun hujjatlariga muvofiq insonning 
mehnatga layoqati (ya’ni mehnatga bo‘lgan o‘z huquqini amalga oshirish qobi- 
liyati) 16 yoshda boshlanadi. 
Yoshlarni mehnatga tayyorlash uchun umumta’lim maktablari, o‘rta max- 
sus, kasb-hunar o‘quv yurtlarining o‘quvchilarini ularning sog‘lig‘iga hamda 
ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, ta’lim olish ja- 
rayonini buzmaydigan yengil ishni o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi uchun 
— ular o‘n besh yoshga to‘lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-ona- 
sining o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul 
qilishga yo‘l qo‘yiladi. 



Download 3.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling