105
Taraflar tomonidan ishlab chiqiladigan shartlar ko‘p
sonlidir, shu muno-
sabat bilan mehnat qonunlari ikki guruhdagi shartlarni ко‘rib chiqadi: asosiy va
qo‘shimcha. Qo‘shimcha shartlar to‘liq kelishayotgan taraflarga bog‘liq va qo-
nun tomonidan cheklanmaydi.
Quyidagilar ish beruvchilar bo‘lishi mumkin:
— korxonalar, shu jumladan, ularning alohida tarkibiy bo‘linmalari o‘z
rahbarlari timsolida;
— mulkdorning o‘zi ayni bir vaqtda rahbar bo‘lgan xususiy korxonalar;
— o‘n sakkiz yoshga to‘lgan ayrim shaxslar qonun hujjatlarida
nazarda tu-
tilgan hollarda.
— O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan
tartibda xodimlar yollaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar.
Har bir xodim:
— o‘z mehnati uchun qonun hujjatlarida Mehnatga haq to‘lash yagona ta-
rif setkasining birinchi razryadi bo‘yicha belgilanganidan oz bo‘lmagan
miqdorda haq olish;
— muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini o‘rnatish, bir qator kasb-
lar va ishlar
uchun ish kunini qisqartirish, har haftalik dam olish kun-
lari, bayram kunlari, shuningdek haq to‘lanadigan yillik ta’tillar berish
orqali ta’minlanadigan dam olish;
— kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash
va malakasini oshirish;
— ish bilan bog‘liq holda sog‘lig‘iga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar-
ning o‘rnini qoplash;
— kasaba uyushmalariga hamda xodimlar va mehnat jamoalarining man-
faatlarini ifoda etuvchi boshqa tashkilotlarga birlashish;
— qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, boquvchisidan mahrum
bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’mi-
not olish;
— o‘zining mehnat
huquqlarini himoya qilish, shu jumladan sud orqali
himoya qilish va malakali yuridik yordam olish;
— jamoalarga doir mehnat nizolarida o‘z
manfaatlarini quvvatlash
huquqiga egadir.