V. А. Kostetskiy


tahrirlovchi: Doniyorbek Isoqov Stanford Huquq


Download 3.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/101
Sana02.12.2023
Hajmi3.21 Mb.
#1780354
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   101
Bog'liq
10 sinf huquq tahrirlangan @Huquq kitoblar

tahrirlovchi: Doniyorbek Isoqov Stanford Huquq 


116 
Ish haqi — xodimga bajarilgan ish uchun mukofot sifatida 
muntazam to‘lanadigan, mehnat shartnomasida kelishilgan pul 
summasidir. 
20- 
§. MEHNATGA НАQ TO‘LASH VA INTIZOM
 
MEHNAT HAQI MIQDORINI BELGILASH 
Mehnat shartnomasi shartlari va mehnat qonun hujjatlariga binoan har bir 
xodimning mehnat haqi uning shaxsiy mehnat hissasi va sifatiga bog‘liq. Bun- 
da jinsi, yoshi, irqi, millati va hokazolarga qarab mehnat haqi miqdorlarini har 
qanday pasaytirish taqiqlanadi. 
Ishlayotgan malakasi yoki uning lavozimi har bir kimsaning aniq hissasini 
to‘liq qayd qila olmaydi. Shu sababli mehnat uchun mukofotlarning aniq indi- 
vidual miqdorlari ish haqining turli tizimlari yordamida belgilanadi. 
O‘zbekiston Respublikasida mehnatga haq to‘lashning ikki asosiy shakli 
qo‘llanadi — vaqtbay va ishbay. 
Vaqtbay tizimdan ko‘pincha ish haqi ishlagan vaqtidan kelib chiqib va la- 
vozim maoshiga binoan yoziladigan xizmatchilar mehnatini baholashda foyda- 
laniladi. 
Ishbay tizimda ishchilar mehnatini baholashda har bir tayyorlangan mahsu- 
lot birligining sifatiga binoan to‘lanadigan haq tushuniladi. 
Mehnat haqining miqdori ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi kelishuvga 
binoan belgilanadi. Bunda muayyan davr uchun ish vaqti me’yorini ishlab ber- 
gan va mehnat vazifalarini to‘liq bajargan xodimning mehnat haqi mehnat qo- 
nunlari bilan belgilangan eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas va eng 
ko‘p miqdori biron bir tarzda cheklanmaydi. 
Mehnatga haq to‘lash muddatlari mehnat shartnomasini imzolashda keli- 
shib olinadi, biroq har yarim oyda bir martadan kam bo‘lmasligi shart. 
Mehnat haqining eng kam miqdoriga qo‘shimcha to‘lovlar va ustamalar 
hamda mukofotlar va rag‘batlantirish tarzidagi boshqa to‘lovlar qo‘shilmaydi. 


117 
№ 
Mutaxassislik 
Haq to‘lash tizimi 
Dalillar 
vaqtbay 
ishbay 

O‘qituvchi 

Ofitsiant 

Quruvchi 

Qorovul 

Uchuvchi 

Tadbirkor 

Korxona rahbari 

Oshpaz 

Ichki ishlar xodimi 
O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarning mehnatiga ish vaqtining 
qisqartirilgan davomiyligida haq to‘lash, xuddi ish vaqti davomiyligi to‘liq 
bo‘lganda xodimlarning tegishli toifalari uchun to‘lanadigan miqdorda amalga 
oshiriladi.
O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar mehnatiga vaqtbay haq to‘lashda 
har kungi ishning to‘liq davomiyligida tegishli toifadagi xodimlarning 
mehnatiga haq to‘lash darajasiga qadar qo‘shimcha haq to‘lanadi. 
Ishbay ishlarga qo‘yilgan o‘n sakkiz yoshga to‘lgan xodimlar mehnatiga 
katta yoshdagi xodimlar uchun belgilangan ishbay narxlar bo‘yicha haq 
to‘lanib, bunda o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarning har kungi ish vaqti 
davomiyligi o‘n sakkiz yoshga to‘lgan xodimlarning har kungi ish vaqti 
davomiyligiga nisbatan qisqartirilgan vaqt uchun tarif stavkasi bo‘yicha 
qo‘shimcha haq to‘lanadi.
O‘quv yili davomida o‘qishdan bo‘sh vaqtida ishlayotgan o‘n sakkiz 
yoshgacha bo‘lgan xodimlar mehnatiga ishlagan vaqtidan kelib chiqib yoki 
ishlab chiqarish natijasiga qarab haq to‘lanadi. 

Download 3.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling