V. А. Kostetskiy
Download 3.21 Mb. Pdf ko'rish
|
10 sinf huquq tahrirlangan @Huquq kitoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15 dan 16 yoshgacha
- 16 dan 18 yoshgacha
- 18 yoshdan
111
19- §. ISHGA QABUL QILINAYOTGANDA HUJJATLARNI RASMIYLASHTIRISH ISHGA JOYLASHISH UCHUN ZARUR BO‘LGAN HUJJATLAR Mehnat qonunlari bilan ishga qabul qilishda ma’muriyat talab etishi shart bo‘lgan hujjatlar aniq ro‘yxati belgilangan. Ish beruvchiga ishga qabul qilishda qonunda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilish qat’iyan man etiladi. Ishga qabul qilish ma’muriyat buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi, buyruq albatta xodimga ma’lum qilinib, bu haqda tilxat olinadi. Buyruqda shtat jad- valiga muvofiq xodim qabul qilingan lavozimning aniq nomi ko‘rsatilishi lo- zim. Buyruqqa binoan mehnat daftarchasiga ham yozib qo‘yiladi. Ishning bosh- lanishi odatda mehnat shartnomasini tuzishda ma’muriyat bilan kelishuvga binoan belgilanadi. Biroq qachon buyruq chiqqani yoki mehnat shartnomasi rasmiylashtirilganidan qat’i nazar, haqiqatda ishga tushish paytidan e’tiboran mehnat vazifalari bajara boshlangan hisoblanadi. Shunday qilib, ish beruvchi xodimdan quyidagi hujjatlarni talab qilishga majbur: 15 dan 16 yoshgacha: — ota-onasidan yoki vasiylardan birining yozma roziligi; — o‘quv maskani ma’lumotnomasi (u haqiqatan ham mazkur maktab o‘quvchisi ekanligi haqida, o‘quv vaqti ko‘rsatilgan holda); — tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va turar joyidan ma’lumotnoma; — sog‘lig‘ining holati to‘g‘risida ma’lumotnoma; 16 dan 18 yoshgacha: — yashash joyidan ma’lumotnoma yoki pasport (doimiy yoki vaqtinchalik qayd etilganlik belgisi bilan); — armiyaga chaqiriluvchining qayd guvohnomasi (mudofaa bo‘limida); — ma’lumot yoki mavjud mutaxassislik to‘g‘risida hujjat; — sog‘lig‘ining holati to‘g‘risida ma’lumotnoma; 18 yoshdan: — pasport (doimiy yoki vaqtinchalik qayd etilganlik yoxud turish joyi bo‘yicha hisobga o‘tganlik belgisi bilan); — mehnat daftarchasi (birinchi marotaba ishga kirayotganlar — oxirgi mashg‘uloti to‘g‘risida yashash joyidan ma’lumotnoma); |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling