V. А. Kostetskiy


INTIZOMIY JAZONING AMAL QILISH MUDDATI


Download 3.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/101
Sana02.12.2023
Hajmi3.21 Mb.
#1780354
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   101
Bog'liq
10 sinf huquq tahrirlangan @Huquq kitoblar

INTIZOMIY JAZONING AMAL QILISH MUDDATI 
Intizomiy jazoning amal qilish muddati jazo qo‘llanilgan kundan boshlab 
bir yildan oshib ketishi mumkin emas. Agar xodim bir yil davomida yangidan 
intizomiy jazoga tortilmasa, u intizomiy jazoni olmagan hisoblanadi. 


120 
O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan xodimlar faqat qasddan yetka- 
zilgan zarar uchun, alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki tok- 
sik modda ta’siridan mastlik holatida yoki jinoyat sodir etish nati- 
jasida yetkazilgan zarar uchun to‘liq moddiy javobgar bo‘ladilar. 
MEHNAT SHARTNOMASI TARAFLARINING 
MODDIY JAVOBGARLIGI 
Xodim quyidagi hollarda ish beruvchiga unga bevosita yetkazgan zararlar- 
ni to‘liq miqdorda qoplashga majbur: 
— maxsus yozma shartnoma asosida unga ishonib topshirilgan qimmat- 
baho buyumlar saqlanishini ta’minlamaganligi uchun; 
— bir gallik hujjat asosida olingan qimmatbaho buyumlarning saqlanishi- 
ni ta’minlamaganligi uchun; 
— qasddan zarar yetkazilganda
— alkogolli ichimliklar yoki toksik modda ta’siridan mastlik holatida za- 
rar yetkazganda
— xodimning sud hukmi bilan aniqlangan jinoiy harakatlari natijasida za- 
rar yetkazilganda; 
— tijorat sirlari oshkor etilganda. 
MEHNAT UCHUN RAG‘ВATLANTIRISHLAR 
Mehnatga ijodiy munosabatda bo‘lganligi va ishdagi yuqori ko‘rsatkichlari 
uchun xodimga quyidagi rag‘batlantirish choralari qo‘llanilishi mumkin: 
— tashakkurnoma e’lon qilish; 
— mukofot berish; 
— qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlash; 
— davlat mukofotiga taqdim etish
— mehnat shartnomasida nazarda tutilgan boshqa rag‘bat turlari. 
Mehnat kodeksida nazarda tutilmagan intizomiy jazolarni 
qo‘llanish taqiqlanadi. 
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, 
181-modda 



Download 3.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling